Futbol bo‘yicha Yevro—2020 1/8 finalining so‘nggi o‘yinida Shvetsiya va Ukraina terma jamoalari 29-iyun, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Aleksandr Zinchenko ukrainlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Emil Forsberg muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 99-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Shvetsiya futbolchisi Markus Danielsson raqibiga qarshi o‘ta qo‘pol o‘ynadi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. So‘nggi daqiqalarda Andrey Shevchenko shogirdlari bosimni oshirdi. To‘rtinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Artyom Dovbik Ukrainani keyingi bosqichga olib chiqqan golga muallif bo‘ldi.
- Belgiya — Italiya
- Shveysariya — Ispaniya
- Ukraina — Angliya
- Chexiya — Daniya
Yevro—2020
1/8 final bahsi
29-iyun, seshanba
Shvetsiya — Ukraina 1:2
Gollar: 0:1 – 27 Zinchenko, 1:1 – 43 Forsberg, 1:2 – 120+1 Dovbik.Shvetsiya: Olsen, Lindelef, Danielsson, Augustinsson (Bengtsson, 83), Lyustig (Kraft, 83), Forsberg, Larsson (Klasson, 97), Ekdal, Olsson (Helander, 101), Kulusevski (Kvayson, 97), Isak (Berg, 97).
Ukraina: Bushchan, Zabarniy, Krivsov, Karavayev, Matviyenko, Stepanenko (Makarenko, 95), Shaparenko (Malinovskiy, 61), Zinchenko, Sidorchuk (Bezus, 117), Yarmolenko (Dovbik, 105), Yaremchuk (Besedin, 90; Sigankov, 101).
Ogohlantirishlar: Kulusevski (69), Yarmolenko (79), Forsberg (85).
Chetlatish: Danielsson (99).
Izoh (0)