• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahrida YHXB inspektorlari tomonidan ta’qib qilingan voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz Cobalt bilan to‘qnashdi (video)

    Internet tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili huquqbuzarni ta’qib qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB video bo‘yicha izoh berdi.

    Kadr: Videodan skrinshot

    Kadr: Videodan skrinshot

    Qayd etilishicha, 2021-yil 29-iyun kuni, taxminan, soat 02:30 da Olmazor tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant E.Rasulov xizmat olib borishi davomida Matiz rusumli avtomobilning (davlat raqami 90 N 480 FA) harakatlari uning e’tiborini tortgan.

    Inspektor jezl va hushtak orqali haydovchiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Ammo haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan va bu bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etdi.

    Shu sababli Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qarorining 3-bobi 12-bandi asosida “transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish” hamda “jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni, transport vositasida huquqbuzarlik sodir etib, hodisa joyidan yashiringan, YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan transport vositalarini ushlab turish” huquqi berilgani bois Toshkent shahar IIBB xodimi o‘ziga biriktirilgan xizmat avtomobilida yuqoridagi avtomobilni ta’qib qila boshlagan.

    Harakatlanish davomida Matiz avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, Cobalt avtomobiliga (davlat raqami 01 E 455 LB) to‘qnashgan va qonun talablarini buzgan holda voqea joyini tark etgan. Bu bilan u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 137-moddasida (yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.

    Mazkur YTHda hech kim jabrlanmagan.

    Biroq shundan keyin ham Matiz haydovchisi javobgarlikdan qochish maqsadida qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib, atrofdagi transport vositalari uchun xavf tug‘dirgan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasini (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) buzgan.

    Ko‘rilgan choralar natijasida Matiz avtomobili to‘xtatilgan. Uni boshqargan 2004-yilda tug‘ilgan Z.A.ning haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlari yo‘q ekani aniqlangan.

    Hozirgi vaqtda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Avtomobil Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi 1-qismi “a” bandiga muvofiq jarima maydonchasiga joylashtirildi.

    Shuningdek, Toshkent shahar IIBB xodimlari video muallifining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi hamda tekshiruv yakuni bo‘yicha unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi qayd etilgan.

    Mavzuga doir:

    • Parkentda IIB xodimlari fuqaroga kuch ishlatgani tasvirlangan video bo‘yicha ma’lumot berildi
    • Toshkentda o‘zganing Lacetti’sini minib qochgan 21 yoshli yigit IIBga qo‘ng‘iroq qilib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi
    • Xorazmda YPX xodimi yo‘l o‘rtasida haydovchini to‘xtatib olgani aytilgan video bo‘yicha izoh berildi

    29.06.2021, 22:24   Izoh (0)   43574
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryodagi ko‘lning sayoz joyiga turib qolgan kema yo‘lovchilari qutqarildi (video)

    29.06.2021, 21:41

    Toshkent viloyatida 129 gektar yer maydoni yonib ketdi

    29.06.2021, 21:11

    Video: Toshkent ko‘chalarida aholini vaksina olishga chorlayotgan PPX mashinasi

    29.06.2021, 20:41

    Qashqadaryoda kafe, oshxona, choyxonalarning soat 22:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi

    29.06.2021, 20:26

    O‘zbekistonda endi hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

    29.06.2021, 20:12

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 5,6 foizga o‘sishini taxmin qildi

    29.06.2021, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.