Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi o‘quv qurollari sotiladigan “Solnechniy” bozori yaqinidagi yog‘ zavodida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi. FVV holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 27-iyun kuni soat 14:37da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan “Kasbi yog‘” MChJga qarashli korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida korxonaning asosiy qismi yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Bundan avval Zangiotadagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani, Samarqandda g‘allasi o‘rib olingan 3 gektar yer yonib ketgani, Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan kafe va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)