Daryo

Yashnoboddagi kafe va unga tutash uyda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish58 474 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan kafe va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 25-iyun kuni soat 14:20 da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashhadiy ko‘chasida joylashgan “Pegas bar grill” MCHJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Mazkur xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:27 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:48 da o‘rab olinib, soat 15:03 da batamom o‘chirilgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Yong‘indan “Pegas bar gril” MCHJ binosining 120 kvadrat metr maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo‘lgan uyning 30 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Zangiotadagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani, Namangandagi xonadon oshxonasida gaz portlashi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘lgani hamda Samarqandda g‘allasi o‘rib olingan 3 gektar yer yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar