Daryo

Samarqandda g‘allasi o‘rib olingan 3 gektar yer yonib ketdi

Ayni paytda yong‘in sababi o‘rganilmoqda

1 daqiqa o‘qish115 314 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida g‘allasi o‘rib olingan 3 gektar yer yonib ketdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

23-iyun kuni soat taxminan 16:43 larda Ishtixon tumani FVB navbatchilik qismiga murojaat kelib tushib, Ishtixon tuman “Murodobod” MFY Asad qishlog‘ida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli o‘rib olingan g‘alla maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani ma’lum qilingan.

Voqea joyiga soat 16:55 da 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.

“Yangi obod” qishlog‘ida yashovchi fuqaroga tegishli fermer xo‘jaligining 7 gektar maydonida jami 6 gektar maydoni o‘rib olingan bo‘lib, yong‘in oqibatida ushbu o‘rib olingan maydondan 3 gektar maydon zarar ko‘rgan.

Ayni paytda yong‘in sababi o‘rganilmoqda.

Avvalroq Ishtixon tumanida joylashgan dehqon bozorida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar