• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Marselning kriminal hududidan chiqqan, 11 yoshida dzyudoni tashlagan va Jazoirga qaytishni istaydigan Zinedin Zidan haqida

    Futbol muxlislari Zidanni yaxshi futbolchi, buyuk murabbiy sifatida biladi. Lekin u bugungi kunga kelgunga qadar qanday sinovlarni boshidan kechirdi? Quyida Zinedinning futbolga qo‘ygan ilk qadamlari haqidagi hikoya taqdim etiladi.

    Foto: “Goodwp.com”

    1954-yil 1-noyabr tunida Jazoirdagi millionlab insonlar kabi Ismoil Zidanning ham hayoti o‘zgarib ketdi. O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan Agemunda mamlakat hududidagi fransuz obyektlariga hujum qilish masalasi muhokama qilindi. O‘sha tunda Jazoirning mustaqilligi uchun urush boshlandi va minglab odamlar kemalarga o‘tirib mamlakatni tark eta boshladi.

    Ismoil ham qo‘zg‘olon harakatlaridan qochgan insonlar ichida edi. Yosh cho‘pon vatanidagi qonli janglarga qatnashishni istamasdi. Ismoil o‘zini to‘laqonli jazoirlik deb hisoblamas edi. Uning tanasida barbarlar qoni oqardi. Fransiyaga kelib qolgan Ismoil bir necha oy davomida ish izlab Parij yaqinidagi Sen-Deni shaharchasiga bordi. U yerda do‘stlari bilan birga ijaraga uy oldi. Oradan bir necha yil o‘tib urush endigina yakuniga yetgan Jazoirga qarab yo‘l olish maqsadida Marselga qaytdi. Lekin bitta uchrashuv barchasini o‘zgartirib yubordi. Malika ismli qizni uchratib qoldi va u uchun Marselda qoldi. Ismoil va Malika turmush qurdi, 5 farzandni voyaga yetkazdi. Eng kenja farzandiga Zinedin Yazid (barbar tilida “ishonch go‘zalligi”) deb ism qo‘ydi.

    Zinedin Zidanning ota-onasi

    Zinedin Zidanning ota-onasi
    Foto: Getty Images
    “Men notinch hududda yashardim, lekin asosiysi qayerda emas kim bilan yashashing. Do‘stlarimning hech biri chekmasdi, ichmasdi. Albatta, oilang va do‘stlaring sen hayotingda ahmoqlik qilasanmi, yo‘qmi belgilab beradi”.
    Muhojirlar yashaydigan Kastellan hududi Marselda alohida o‘ringa ega edi. Zidanning oilasi shu yerdan ijaraga uy olib yashaydi. Ismoil oilasini boqish uchun 2 joyda ishlay boshladi. Kunduzi supermarketda ishlasa, tunda yuk tashish bilan shug‘ullanardi. Farzandlariga ham immigrantlar mahalliy aholidan ko‘ra ikki hissa ko‘proq ishlashi kerakligini uqtirardi. Malika esa uy ishlari bilan shug‘ullanardi va narkobiznes avj olib ketgan shaharda yomon xulqli insonlar farzandlariga yaqinlashmasligini nazorat qilardi.

    Zinedin ko‘chaga chiqib ketardi. U uy atrofida qancha vaqt yursa ham ruxsat bor edi, ammo bitta shart bilan — go‘sht do‘koni va dorixona o‘rtasidagi Tartan maydonchasini tark etish taqiqlangandi. Aynan shu maydon Zidanlarning uyiga bemalol ko‘rinib turar, Malika bolalarni nazorat qilardi. Zinedin uyiga qaytib portfelini yotoq ustiga tashlardi va to‘pni olib ko‘chaga chiqib ketardi.

    Marselning kriminal hayoti Zidanlar oilasini chetlab o‘tgan. Lekin Zinedin o‘sha paytlari bir marta qonunga qarshi ish qilganini keyinchalik tan oladi. Onalar kunida sovg‘a olish uchun do‘sti ikkalasida pul qolmaydi. Natijada bitta uyning deraza tokchasida turgan ikki tuvak gulni ko‘tarib uyi tomon yugurib ketadi. Zidan o‘sha voqeadan hanuzgacha uyalishini aytadi. Kutilganidek otasidan tanbeh eshitadi. Ismoil farzandlarining hech qachon oilasini sharmanda qiladigan ishlarga qo‘l urishiga yo‘l qo‘ymasdi.

    Zidan akasi va opasi bilan Foto: AS
    “Maktabdan kelgach yegulik olardimda futbol o‘ynagani chiqib ketardim. 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar bola birga shug‘ullanardik. Nafaqat futbol o‘ynar, balki qiyin fintlarni ham o‘zlashtirishga urinardik. Turli xil musobaqalar tashkil qilardik. Butun vaqtim va diqqatim ko‘chada futbol o‘ynashga ketardi”.
    Barbarlar uchun oila muhim hisoblanadi. Ismoil Zidan ham oilasiga shuni uqtiradi. Zinedinning akalari Farid va Nordin kenja ukasiga futbol o‘ynash uchun futbolkalarini berardi, opasi Lila esa turli xil shirinliklar bilan siylardi. Zinedin Zidan o‘sha kunlarni yodga olarkan: oshxona kichik bo‘lganini, ovqatlanish uchun navbat kutish kerakligini aytib beradi.

    Zinedinning sportda faolligini payqagan o‘qituvchilari darslarda uni qiynamasdi. Buning evaziga Zidan ham muntazam darslarga qatnashib, berilgan vazifalarni bajarib borardi.  Zidanning qiziqishlari juda ko‘p edi — futboldan tashqari dzyudo bilan shug‘ullanardi, velosiped va skeytbord uchardi. 11 yoshga kirganda otasi undan tanlov qilishini so‘raydi. Zidan shanba kuni dzyudo musobaqasiga qatnashib g‘olib bo‘lib, ertasi kuni futbol musobaqasiga ketardi. Bir kuni maydonda yiqilib tushadi. Shifokorlar Ismoilga farzandi faqat bitta sport turi bilan shug‘ullanishini, muntazam faollikni uning organizmi ko‘tara olmayotganini aytadi. Zinedin tanlov qilishga majbur edi.

    “Men bolalarga o‘rnak bo‘lishga harakat qilaman. Ayniqsa Marselning kambag‘al hududlarida yashaydigan bolalarga. Kimdir Zinedin Zidanga o‘xshashni istayman desa judayam xursand bo‘laman”.
    Yosh va iste’dodli bolalarni izlab kelgan skautlar jamoasi Marselga kelganda Zinedin ham ko‘chada edi. “Sen-Anri” jamoasi skautlari 11 yoshli bolaning iste’dodiga tan berdi. Shu tariqa Zidan mahalliy jamoada mashg‘ulotlar o‘tashni boshlaydi. Bir yarim yildan keyin Zidan “Setem-le-Vallon” bolalar jamoasiga boradi. 14 yoshigacha “Setem-le-Vallon” akademiyasida futbol sirlarini o‘rganadi. Bu vaqt davomida u Eks-an-Provans shahridagi futbol lagerida 13 kun bo‘ladi. O‘sha yerda “Kann” futbol jamoasi skauti Jan Varro Zinedinni ko‘rib qoladi va murabbiylar shtabiga bolakay haqida xabar beradi.

    Foto: “Chempionat”

    “Kann” jamoasi murabbiylaridan biri uni futbol maktabiga taklif qiladi, lekin otasi rozi bo‘lmaydi. Murabbiy Zinedinning ota-onasiga farzandi uchun yaxshi sharoitlar qilib berishga, sifatli ta’lim olishiga va’da berdi. 1987-yilda Zidan birinchi professional shartnomasini imzoladi. Zidan birinchi maoshiga onasi, akalari va opasiga sovg‘a oldi. Bir necha yildan keyin “Bordo” bilan shartnoma imzolagach oilasini Marselning kriminal hududidan ko‘chirib ketdi.

    Foto: La Liga
    “Futboldagi barcha ishlarimni yakunlagach otam bilan birga Jazoirga qaytamiz. Futbol bilan xayrlashganimdan keyingi eng katta orzum shu”.
    Oradan yillar o‘tdi, Zinedin Zidan jahon futboli yulduziga, jahon chempioniga, “Oltin to‘p” sohibiga, 4 farzandning otasiga aylandi. 49 yoshni qarshi olgan Zidan futbolchi sifatida qanday hurmatga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, murabbiy sifatida ham shunday omadli faoliyat olib boryapti. “Real” bilan 3 marta ketma-ket Chempionlar Ligasida zafar quchdi. Hozirgacha hech bir murabbiy hattoki 2 marta ketma-ket bu musobaqa chempioniga aylanmagan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    25.06.2021, 14:01   Izoh (0)   19902
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerika Kubogi. Urugvay dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritib, pley-offga yo‘l oldi, Chili esa yutqazib qo‘ydi

    25.06.2021, 10:03

    UEFA 56 yillik qoidaga o‘zgartirish kiritdi, Fransiyaning koinotdagi muxlisi va Oston O‘runovning barbod bo‘lgan transferi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    25.06.2021, 06:14

    O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga sportga oid faoliyatdan chetlatildi

    24.06.2021, 18:47

    Krishtianu Ronaldu Ali Daining afsonaviy rekordini takrorladi. Portugaliyalik tirik afsona bu natijaga qay tariqa erishdi?

    24.06.2021, 16:15

    Amerika Kubogi. Braziliya terma jamoasi so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga irodali g‘alabaga erishdi va guruhni 1-o‘rinda yakunladi

    24.06.2021, 11:52

    Rekordlarni qatorlashtirayotgan Ronaldu, Oston O‘runov uchun kurashayotgan “Ufa” va Zidanni ortda qoldirgan Benzema. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    24.06.2021, 11:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskva va Pxenyan o‘rtasida ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

    Dunyo | 15 iyul, 10:21

    “O‘zgidromet” 4 kun juda issiq havo bo‘lishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 10:08

    “Barselona” Luis Dias transferi bo‘yicha “Liverpul”dan chegirma kutmoqda

    Sport | 15 iyul, 10:06

    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

    Reklama | 15 iyul, 10:02

    Ishga bog‘liq emas: dushanba kuni insonlarda stressning kuchayishi ilmiy tasdiqlandi

    Ilm-fan | 15 iyul, 09:59

    G‘azo sektoridagi hujumda 78 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 iyul, 09:44

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.