O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xususan, podpolkovnik Ikrom Fozilov IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Ikrom Fozilov Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Fayzulla Ismoilov Buxoro viloyati Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Fayzulla Ismoilov Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Ma’ruf Kuziyev Samarqand viloyati IIB Past Darg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Ma’ruf Kuziyev Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan avval Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar, Yunusobod va Yashnobod tumanlari IIO FMBga yangi boshliqlar hamda Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)