Daryo

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Ushbu lavozimlarni Diplomatiya universiteti va Yuridik universitet rektorlari egalladi

1 daqiqa o‘qish34 464 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati

Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Vazirning birinchi o‘rinbosari etib Komiljon Karimov tayinlandi. Tayinlovga qadar u 2020-yilning 17-sentabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Rahim Hakimov esa vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u 2020-yilning 28-mayidan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvarida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar