Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning ikki tumanida Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Abdumajid Shermuhamedov (chapda) va Oybek Kaymxojayev

Abdumajid Shermuhamedov (chapda) va Oybek Kaymxojayev
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Polkovnik Abdumajid Shermuhamedov Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent shahar IIBB Moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i bo‘lgan.

Podpolkovnik Oybek Kaymxojayev Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u tuman IIO FMB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Avvalroq Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari FMBga yangi boshliq tayinlangani, Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari FMBga boshliq bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda