Samarqand shahrida Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolgan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, DXX va IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya va Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari ta’siriga tushib, ular safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan, Samarqand shahridagi 14 nafar shaxsdan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Hozirda jinoyat ishi doirasida mazkur shaxslarga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiydagi qamoqxonada “Hizb ut-Tahrir” tarafdori mahkumlarga terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilgani aniqlangani, 2020-yilda DXX idoralari sa’y-harakati bilan to‘rtta teraktning oldi olingani hamda Toshkentdagi noqonuniy diniy maktablarda bolalar kaltaklanib kelingani aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)