Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 144 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumani hududida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro M.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada xonadon hovlisida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati qariyb 144 million so‘mlik ikki turdagi 12 ming 790 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)