Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tanishini 21 marta pichoq urib o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 15-noyabr kuni uyida 38 yoshli N.X. ismli erkak tanishi I. va R. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda I. bilan janjallashib qolgan. Ta’kidlanishicha, X.N. tanishi I.ga oshxona pichog‘i bilan 21 marotaba qasddan tanasining turli joyiga jarohat yetkazgan. Buning oqibatida fuqaro I. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida ayblanuvchiga 19 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bundan avval Sirdaryoda erkak uy-joy talashib xolasi va uning farzandini o‘ldirib, yoqib yuborgani, andijonlik ayol eri bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirgani hamda Dehqonobodda o‘qituvchini pichoqlab o‘ldirgan qotillardan biri 17 yilga, yana biri 16 yil muddatga qamalgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)