• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Erdo‘g‘on tanqidga uchradi, Bashar Asadning emlangani rad etildi, COVID-bemorlar qonida kislorod kamayib ketishi sababi aniqlandi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 172 026 069 kishiga yetdi. Virus oqibatidagi o‘limlar soni 3 698 663 tani tashkil qilmoqda. Kasallanganlar soni bo‘yicha yuqori beshlikdan AQSh (33,3 million), Hindiston (28,4 million), Braziliya (16,8 million), Fransiya (5,7 million) va Turkiya (5,2 million) joy olgan.

    Xokkey bo‘yicha jahon chempionatida Belarus terma jamoasiga muxlislik qilayotgan qiz

    Xokkey bo‘yicha jahon chempionatida Belarus terma jamoasiga muxlislik qilayotgan qiz
    Foto: “TASS”

    Turkiya prezidenti uchta dozada COVID-vaksina olib, tanqidga uchradi

    Turkiya prezidenti 67 yoshli Rajab Toyyib Erdo‘g‘on koronavirusga qarshi uchta dozada vaksina olganini ma’lum qildi, shundan keyin u mamlakatda birinchi o‘rinda emlanishi kerak bo‘lgan asosiy odamlarga vaksina yetishmayotgani tufayli, tanqidga uchradi.

    Erdo‘g‘on Xitoyning Sinovac vaksinasi bilan birinchi marta 14-yanvar kuni emlangan va Turkiyada COVID-vaksina olgan ilk odamlardan biri bo‘lgan edi. U Sinovac’ning ikkinchi dozasini 11-fevralda olgan, shu hafta esa u 10-mart kuni uchinchi dozani ham olgani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Turkiya yetakchisi undagi antitanalar miqdori oshish-oshmasligini tekshirish maqsadida uchinchi marta emlanganini aytdi.

    Ammo Turkiya prezidenti uchinchi marta qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmadi: bu Sinovac yoki Pfizer bo‘lishi mumkin.

    Turkiya rahbari qo‘shimcha dozani olgan bir paytda, Pfizer bilan bir marta emlangan odamlarga vaksinalar yetishmasligi tufayli, ikkinchi dozani bir oy emas, 12 hafta kutishga to‘g‘ri kelishini aytishgan.

    Asosiy muxolifat partiyasining parlament guruhi rahbari Engin Ozkoch “Fuqarolar uchun bitta doza ham yo‘q, ammo Erdo‘g‘onga darhol uchta doza”, — deb yozdi Twitter’da.

    Shu paytgacha Turkiyada 30 millionga yaqin dozada vaksina qo‘llanilgan, 12 million kishi — aholining 15,4 foizi ikkita doza olgan. Turizm sohasi xodimlari birinchi navbatda emlandi. Ammo o‘qituvchilar kabi asosiy ishchilar vaksinatsiyani uzoqroq kutishiga to‘g‘ri keldi. Virusga topshirgan testi musbat chiqqanlar ham olti oy mobaynida emlanishi taqiqlanadi.

    Mavzuga doir: Turkiyada komendantlik soati qisqartirilib, to‘ylarga ruxsat berildi

    Bashar Asadning emlangani haqidagi xabar rad etildi

    Suriya prezidenti Bashar Asad COVID-19’ga qarshi vaksina olishi shart emas, chunki u yaqinda koronavirus bilan kasallanib o‘tgani uchun, unda antitanalar miqdori yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod ma’lum qildi.

    “Prezident Asad koronavirusga chalinib o‘tgan, unda antitanalar miqdori yuqori. Shu sababli unda vaksina olish ehtiyoji yo‘q”, — dedi Haddod. Asad va uning rafiqasi Asma al-Asad martda koronavirus bilan kasallangan edi.

    Avvalroq Rossiya OAVlari xuddi shu elchiga asoslanib, Asadning emlangani haqida xabar bergan edi.

    Mavzuga doir: Bashar Asad “Sputnik V” bilan emlandi, D vitamini koronavirusning oldini olishda foydasiz bo‘lib chiqdi, Shveysariyada 7 oydan buyon birinchi marta COVID-o‘lim qayd etilmadi. Koronaxabarlar

    COVID-bemorlar qonida kislorod kamayib ketishi sababi ma’lum qilindi

    Kanadalik olimlar COVID-19’ga chalingan vaqtda qonda kislorod miqdori pasayib ketishi sababini aniqladi. Alberta universiteti biologlari 128 nafar COVID-bemorlar qonini tahlil qilib chiqdi. Ular orasida turli darajada kasallanganlar bor edi.

    Aniqlanishicha, bemorlarda simptomlar og‘irlashib borgani sari, qonda yetilmagan, yaqinda shakllangan eritrotsitlar ko‘payib boraveradi. Sog‘lom odamlarda yetilmagan eritrotsitlar ilikda bo‘ladi, qonda umuman bo‘lmaydi yoki 1 foizdan kamroq bo‘lishi mumkin. COVID-19’ga chalingan og‘ir bemorlarda ushbu hujayralarning qondagi ulushi 60 foizgacha yetgan.

    “Bu shuni bildiradiki, virus ushbu hujayralar manbasiga ta’sir o‘tkazadi. Natijada sog‘lom yetilmagan eritrotsitlar o‘rnini to‘ldirish uchun organizm ularni juda ko‘p ishlab chiqarib, yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlashga harakat qiladi”, — deya izohladi olimlar.

    Shu bilan birga ta’kidlanishicha, asosiy muammo shundaki, kislorodni faqat yetilgan eritrotsitlar tashiydi, ular o‘rtacha 120 kunga yaqin yashaydi. Shuningdek, yetilmagan eritrotsitlar koronavirus infeksiyasiga juda ta’sirchan bo‘lib chiqdi. Virus yetilmagan eritrotsitlarga hujum qilib, ularni yo‘q qilishi tufayli, organizm o‘lib ketgan yetilgan eritrotsitlar o‘rnini to‘ldira olmaydi va qon oqimining kislorod tashish qobiliyati susayadi.

    Olimlar so‘nggi yillarda COVID-19’ni davolashda keng qo‘llanilayotgan “Deksametazon” yetilmagan eritrotsitlarning virusga ta’sirchanligini pasaytira olishini aniqladi. “Deksametazon” ACE2 va TMPRSS2 retseptorlarining reaksiyasini bostirish bilan birga, yetilmagan eritrotsitlarning yetilishini tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Olimlar: COVID-19 odamlar tomonidan yaratilganiga oid dalillar bor

    04.06.2021, 12:32   Izoh (0)   15542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada vaziyat keskinlashganini xabar qildi

    04.06.2021, 09:46

    Belarus hukumati Telegram’dagi 60 ga yaqin kanal va chatlarni ekstremistik deb tan oldi

    03.06.2021, 23:33

    Gurbanguli Berdimuhamedov ichki ishlar vaziriga tanbeh berib, uning o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi

    03.06.2021, 23:09

    Rossiyada migrantlar bilishi shart bo‘lgan minimal talablar belgilandi

    03.06.2021, 22:58

    AQSh korrupsiyada ayblangan bolgariyalik fuqarolarga qarshi yirik sanksiyalar paketini joriy qildi

    03.06.2021, 20:41

    Bashar Asad “Sputnik V” bilan emlandi, D vitamini koronavirusning oldini olishda foydasiz bo‘lib chiqdi, Shveysariyada 7 oydan buyon birinchi marta COVID-o‘lim qay...

    03.06.2021, 19:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.