Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada koronavirus tarqalishi sekinlashayotgani tufayli mamlakat karantin cheklovlarini yumshatishning navbatdagi bosqichiga o‘tmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, endilikda mamlakatdagi komendantlik soati ish kunlari, shuningdek, shanba kuni soat 22:00 dan boshlab amal qiladi va soat 05:00 da tugaydi. Ilgari ish kunlari komendantlik soati 21:00 dan boshlangan, shanba kunlari esa kun-u tun amal qilgan.

Yangi bosqichda yakshanba kunlari harakatlanish cheklovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari, sport zallari, ko‘ngilochar bog‘lar soat 07:00 dan 21:00 gacha ochiq bo‘lishi, olib ketish xizmati esa yarim tungacha ishlashi mumkin.

Bundan tashqari, Turkiyada sanitariya talablariga amal qilgan holda yopiq binolar va ochiq maydonlarda to‘y marosimlari o‘tkazishga qayta ruxsat beriladi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya hukumati koronavirus epidemiyasini jilovlashga muvaffaq bo‘lgani hamda mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha 1-iyundan keyin boshlanadigan ikkinchi bosqich muhokamasi o‘tkazilgani haqida aytgandi. 

Aprel oyi o‘rtalarida Turkiya hukumati COVID-19’ga chalinish holatining ortishi munosabati bilan cheklov choralarini kuchaytirdi. Mamlakatda komendantlik soati davomiyligi soat 19:00 dan 05:00 gacha uzaytirildi. May oyida Turkiyada yangi chora-tadbirlar kuchga kirdi, unga ko‘ra, do‘konlarda faqat asosiy oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlarini sotishga ruxsat berildi.

17-maydan mamlakatdagi karantin rejimi bosqichma-bosqich yumshatila boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr