• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yevro uchun qaytgan Ibrahimovich, “billur oyoqli” Roys va Ispaniya himoya qo‘rg‘oni Ramos. Yevro—2020 ni o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

    Ko‘xna qit’aning eng nufuzli musobaqasi Yevropa chempionati boshlanishiga ham tobora kam vaqt qolmoqda. Unda ishtirok etadigan aksariyat terma jamoalar musobaqa uchun qaydnomalar va kengaytirilgan tarkiblarni e’lon qilib ulgurdi. Bu xabarlardan so‘ng ko‘plab yulduzlarning Yevroda ishtirok eta olmasligi oydinlashdi. Ularning aksariyatiga futbolchilarning azaliy dushmani – jarohatlar to‘sqinlik qilmoqda. Demak, quyida jarohat sabab Yevro–2020 ni o‘tkazib yuboradigan mashhur futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

    Kollaj: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Kollaj: “Daryo” / Muhammadqodir Sobirov

    Mark-Andre ter Shtegen – Germaniya terma jamoasi darvozaboni

    Foto: Eurosport

    Foto: Eurosport

    Ter Shtegen yaqinlashib kelayotgan Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida o‘zi ma’lumot berdi. Darvozabon Instagram sahifasida shunday yozadi: “Klub tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qo‘shimcha operatsiya o‘tkazishga qaror qildik. Yevro—2020 ni o‘tkazib yuborishimdan afsusdaman. Ko‘p yillar davomida birinchi marta o‘z uyimdan turib, vatanim jamoasini qo‘llab-quvvatlayman. Musobaqada g‘alaba qozonamiz degan umiddaman”.

    Ter Shtegen 20-may kuni operatsiya stoliga yotdi va tizzasidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Biroq uning yo‘qligi Germaniya terma jamoasiga ortiqcha muammo tug‘dirmasa kerak, boisi tarkibda Manuel Noyer va Bernard Leno kabi yetuk posbonlar bor.

    Virjil van Deyk – Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Liverpul” himoyachisi 2020-yilning oktabrida APL doirasida o‘tkazilgan “Everton”ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olib, safdan chiqqandi. Bungacha u atigi beshta o‘yin o‘tkazgandi. Van Deyk hamon tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va Yevro–2020 da Niderlandiya terma jamoasiga yordam berma olmasligini aytdi.

    “Jarohatdan so‘ng men uzoq yo‘lni bosib o‘tdim. Hozircha hamma narsa yaxshi ketmoqda. Yaqinda jiddiy qarorni qabul qildim. Yevroga bormasligim va mavsumlar oralig‘ida yakuniy tiklanish bosqichini o‘tkazishim to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylayman. Mavsumoldi tayyorgarlik bosqichida safga qaytishni maqsad qilganman. Albatta, Yevropa chempionatida o‘ynamayotganimdan qayg‘udaman, ammo men va barcha hozirgi vaziyatni qabul qilishimiz kerak”, – deydi himoyachi.

    Ansu Fati – Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Barselona” yarim himoyachisining yana bir marta operatsiyaga muhtojligi haqida uzoq vaqt davomida gapirildi. 2020-yilning noyabr oyida “Betis”ga qarshi o‘yinda Ansu Fati tizzasidan og‘ir jarohat oldi. Dastlab uning to‘rt oy muddatga safdan chiqqani aytildi. Biroq u hamon maydonga qaytmadi, yarim himoyachining tezroq tiklanishi uchun amalga oshirilgan barcha protseduralar behuda ketmoqda. Endi Fati tizzasini qayta operatsiya qildirishga va Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

    Zlatan Ibrahimovich – Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ortda qolgan 2020/21-yilgi mavsumda ham Ibra yana bir bor raqiblarini gollari bilan ranjitdi, shuningdek, o‘zi ham jarohatlar tufayli yaxshigina qiynaldi. Zlatan turli darajadagi jarohatlar va koronavirus tufayli A Seriyaning 17 uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay, forvard “Milan”ga juda katta foyda keltirdi deb aytish mumkin – 19 uchrashuvda 15 gol va 2 ta golli uzatma. Va bu orqali u 2016-yildan keyin ilk marta mamlakat bosh jamoasiga chaqirildi. Murabbiylar undan Yevropa chempionatida foydalanishni maqsad qilgandi.

    Ammo mavsumning so‘nggi qismida tizzasidan olgan jarohati unga qimmatga tushdi. Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson Zlatanning musobaqada jamoaga yordam bera olmasligini ma’lum qildi.

    “Zlatan jarohati Yevroda qatnashishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. Albatta, bu Ibrahimovich uchun ham, biz uchun ham qayg‘uli yangilik. Umid qilamanki, u tez orada maydonga qaytadi”, – deydi murabbiy.

    Hozir Ibrahimovich 39 yoshda, bundan keyin u yana terma jamoaga chaqiriladi deb hech kim kafolat bera olmaydi.

    Marko Roys – Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Roys ham Yevro–2020 da qatnashmaydi, bu haqida uning o‘zi ma’lum qildi. “Murakkab, holdan toydirgan va baxtimizga, omadli o‘tgan mavsumdan so‘ng Yoaxim Lyov bilan Yevropa chempionatiga bormaslikka qaror qildik. Bu qaror men uchun juda qiyin bo‘ldi, chunki men doimo o‘z mamlakatim uchun o‘ynashdan xursand bo‘lib kelganman. Ammo qiyin o‘tgan bir yildan so‘ng tanamga tiklanish uchun vaqt berishga qaror qildim. Tanaffusdan foydalanib, yangi mavsumni tetik bo‘lib boshlayman. Yoaxim va jamoamizga Yevropa chempionatida muxlislik qilaman”.

    Roys 2012-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2016-yilda jarohati tufayli Fransiyadagi musobaqani o‘tkazib yuborgandi.

    Serxio Ramos – Ispaniya terma jamoasi himoyachisi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Luis Enrike Yevro—2020 uchun e’lon qilgan tarkibiga tarixda birinchi marta “Real”ning bironta ham futbolchisini kiritmadi. Hatto terma jamoada o‘tkazilgan o‘yinlar soni (180) bo‘yicha rekordchi Serxio Ramos ham ro‘yxatdan chetda qoldi. Enrike bu qarorini himoyachining jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lmagani bilan izohladi.

    “Ramosning Yevro–2020 da o‘ynashini juda istardim. U musobaqadan oldin jarohatini to‘liq davolay olish ehtimoli ham bor edi, ammo so‘nggi pallaga kelib, deyarli hech qanday imkoniyat yo‘qligini tushundim. Ayniqsa, so‘nggi oylarda u juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi”.

    Ramosning o‘zi ham ushbu qarorga ortiqcha e’tiroz bildirmadi va musobaqa oldidan Ispaniyaga omad tiladi.

    “Vatanimga yordam bera olmasligim menga azob beradi, lekin samimiy bo‘lish kerak: bu holatda dam olish, tiklanish va keyingi mavsumga tayyorlanish yaxshi bo‘lardi. Men barcha jamoadoshlarimga omad tilayman va ularni uydan turib qo‘llab-quvvatlayman”, – deydi Serxio Ramos.

    Yevropa chempionati 2021-yilning 11-iyunidan 11-iyuligacha bo‘lgan muddatda bo‘lib o‘tadi. Unda 24 ta jamoa 6 ta guruhga bo‘lingan holda bir-biri bilan bahs olib boradi.

    31.05.2021, 18:44   Izoh (0)   15549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevroittifoq sudi FIFA va UEFAga qarshi Yevropa Superligasi da’vosini ro‘yxatdan o‘tkazdi

    31.05.2021, 17:53

    Bahodir Jalolov Kunkabayevga, Zoirov esa Amitga qarshi. Bugun 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo chempionligi uchun jang qiladi

    31.05.2021, 13:38

    Zinedin Zidan nima sababdan “Real”dan ketganini aytdi

    31.05.2021, 13:02

    Qaysi jamoada o‘ynashni maqsad qilgani, faoliyatidagi muvaffaqiyat va omadsizliklar haqida Eldor Shomurodov bilan intervyu

    31.05.2021, 12:41

    Argentina ham Kopa Amerika—2021 mezbonligidan mahrum etildi

    31.05.2021, 09:00

    Vadim Abramov: “Ketma-ket ikkinchi o‘yinda yutqaza turib, vaziyatni o‘nglay oldik”

    31.05.2021, 08:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.