• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qaysi jamoada o‘ynashni maqsad qilgani, faoliyatidagi muvaffaqiyat va omadsizliklar haqida Eldor Shomurodov bilan intervyu

    Italiyaning “Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “MFaktor” kanaliga intervyu berdi. Unda o‘zbekistonlik o‘yinchining futbolga kirib kelishi, Italiyadagi faoliyati va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida so‘z bordi. “Daryo” ushbu intervyu matnini taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Tug‘ilib o‘sgan joyi haqida

    Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilganman, yoshlik davrim o‘sha yerlarda o‘tgan. U yerda hamma qatori yoshlikdan futbolga qiziqib, mahalladagi bolalar bilan ko‘chada futbol o‘ynab o‘sganman. Har doim futbolga qiziqish katta bo‘lib, shu muhitda katta bo‘lganman deb bemalol ayta olaman. Albatta, o‘ziga yarasha qiyinchiliklar ham bo‘lgan. Lekin hech narsadan kam bo‘lmay, yaxshi sharoitda o‘sganman. Uyimdagilar hamma sharoitlarni qilib berishgan.

    Eldor Shomurodovning muvaffaqiyat formulasi bormi?

    Muvaffaqiyatning formulasi — birinchi navbatda oddiylik, mehnat va sabr. Shu uchalasi bir-biriga juda qattiq bog‘langan. Mana shu xislatlarga ega bo‘lgan inson hayotda nimagadir erisha oladi deb o‘ylayman.

    Eng katta muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar haqida

    Hozirgacha eng katta erishgan yutug‘im — farzandli bo‘lganim. Chunki birinchi marta o‘zingizni mas’uliyatli bo‘lganingizni, katta hayotga qadam qo‘yganingizni his qilasiz. Hayotingizdagi ko‘p narsalar o‘zgaradi va bunga qo‘shimcha qilib, futbolda erishayotgan yutuqlarimni ham aytishim mumkin.

    Yoshligimda bir voqea bo‘lgan. Buni eng katta muvaffaqiyatsizligim ham deb ayta olmayman. “Mash’al” akademiyasida o‘qib yurgan kezlarimda, dam olish uchun uyga javob berishgan. Keyin esa ularning qaysi kun yig‘ilishini bilmasdan bir kun kech borganman. O‘shanda akademiyadan haydalishimga oz qolgan. Agar o‘shanda haydalib ketganimda, hozirgi yutuqlarim bo‘lmasdi. Chunki “Mash’al” akademiyasida ko‘p narsalarni o‘rganganman. Futbol sirlarini shu akademiya menga o‘rgatgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    O‘ziga bo‘lgan ishonchning so‘nib ketishi borasida

    Bu hol menda juda ko‘p uchraydi. Shunday vaqtlar bo‘ladiki, inson hech narsa qilgisi kelmaydi, hech narsani xohlamay qoladi. Futbol sabab ota-onamdan, oilamdan uzoqda bo‘lganman. O‘sha paytlarda futbolni tashlab ketish fikri xayolga kelardi. Barchasini yig‘ishtirib, ota-onamning yoniga qaytib, ular bilan birga yashashni istardim. Lekin bir narsani his qilardim — ota-onam har doim mening futbolchi bo‘lishimni istashi, doimo qo‘llab-quvvatlab turishi kuch-quvvat bergan. Shuning uchun ham bunday vaziyatlardan chiqib ketishda yaqinlarim, ota-onamning qo‘llab turishi evaziga o‘zimda kuch topa olganman.

    Covid-19 tufayli qo‘yilgan taqiqlar sabab Italiyaga bir o‘zim borishimga to‘g‘ri kelgan. 20 kun davomida agentim u yerga joylashib olishimga yordam berib turgan. U ketganidan so‘ng esa, bir o‘zim qolganman. Hech kim yo‘q, begona til, begona muhit. Faqatgina telefon bor. Shu orqali uydagilar bilan gaplashib turardim. Keyinchalik esa telefonga ham qaragim kelmay qolgandi. Til o‘rganishga harakat qilardim, ammo til o‘rganish qiyin, so‘zlar darhol yodda qolmasdi. Shu tomonlama qiyinchiliklar bo‘lgan. Keyin terma jamoa yig‘ini uchun uyga qaytib keldim. Oilamni ham vizasi tayyor bo‘ldi. Ularni o‘zim bilan olib ketdim, shundan so‘ng sal yengilroq bo‘ldi. Endi uyda kutib oladigan inson bor, farzandim ham 3 oylik bo‘lib qolgandi.

    Shomurodovdan yoshlarga tavsiya

    Inson o‘sishga erishishi uchun, o‘zidan ko‘p narsa biladigan ustozlar bilan suhbatda kerakli narsalarni ola bilishi zarur. Hamma narsani birdagina o‘zlashtirib bo‘lmaydi, har kuni hech bo‘lmasa bitta o‘zingizdan tajribaliroq inson bilan suhbat qurasiz. Undan bitta narsani o‘zlashtirsangiz ham, bu sizning foydangiz. Bu narsa hayot uchun juda kerak bo‘ladi. Keyin esa oldinga maqsad qo‘yib, o‘sha maqsad sari harakat qilish kerak. Inson o‘sha maqsadga erishishiga ishonishi lozim. Shu narsalar juda ham muhim.

    Qaysi oilada tug‘ilish, kim bo‘lishni belgilab beradimi?

    Albatta, o‘zbek xalqida bir ibora bor: qush uyasida ko‘rganini qiladi. Esimni taniganimdan buyon dadam o‘ynagan o‘yinlarni ko‘rish uchun stadionga borardim. Amakim ham futbolchi bo‘lgan. Uning ham o‘yinlarini ko‘rishga borardim. O‘ylashimcha, mana shu narsalar kasb tanlashimda juda katta rol o‘ynagan. 6 yoshimda mashg‘ulotlar uchun stadionga bormoqchi bo‘lganman. Ammo yoshim kichikligi uchun qabul qilishmagan. O‘sha vaqtlarda yoshingiz yetmasa o‘qishga qabul qilishmasdi, hozir esa istalgan yoshda qabul qilishyapti. 7 yoshimda maktabga chiqqanimdan so‘ng, mashg‘ulotlarga ham borishni boshlaganman. Ungacha esa amakivachchalarim bilan futbol o‘ynardim. Shu tariqa futbolni o‘rganganman. Sportchi bo‘lishimda oilamda futbolchilarning ko‘pligi juda katta rol o‘ynagan deb bemalol ayta olaman.

    Qancha pul topishi va qaysi jamoaga o‘tish istagida ekani haqida

    Yoshligimda “Chelsi”ga muxlislik qilardim. Oilamdagilar “katta bo‘lsang, shu jamoada o‘ynash nasib qiladi”, deb ko‘p bora ta’kidlashardi. Xohishimga kelsak, Chempionlar Ligasida qatnashadigan jamoada o‘ynashni xohlayman. Ko‘proq o‘sishga erishib, kuchliroq jamoada o‘ynash istagidaman. Shuning uchun qaysi jamoada to‘p surishim mumkinligini aniq ayta olmayman. O‘sha darajaga chiqishga harakat qilyapman.

    Yoshligimdan birinchi o‘ringa pulni emas futbolni qo‘y deb o‘rgatishgan. Oilamda futbolni tushunadiganlar ko‘p va ular menga kerakli maslahatlarni bergan. Shuning uchun faqat o‘sishga harakat qilganman, pul esa shuning ortidan kelaveradi.

    Eldor Shomurodov, “Jenoa” futbolchisi

    Mavzuga doir:

    • Eldor Shomurodovning otasi: “O‘g‘lim A Seriyada 8 ta gol uradi deb o‘ylamagandim”
    • Raqamlar so‘zlaganda: Eldor Shomurodovning Italiyadagi debyut mavsumi qanday o‘tdi?
    • Eldor Shomurodov nima sababdan “Jenoa”ga o‘tish variantini tanlaganini ma’lum qildi
    Shomurodov 2020-yilning kuzida “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tdi. Eldor 2020/21-yilgi mavsumda “Jenoa” safida 32 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    31.05.2021, 12:41   Izoh (0)   20917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Argentina ham Kopa Amerika—2021 mezbonligidan mahrum etildi

    31.05.2021, 09:00

    Vadim Abramov: “Ketma-ket ikkinchi o‘yinda yutqaza turib, vaziyatni o‘nglay oldik”

    31.05.2021, 08:18

    Video: Termizda o‘tgan MMA kechasida mahalliy sportchiga muxlislik qilayotgan To‘ra Bobolov

    30.05.2021, 22:56

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi yopiq tarzda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Tailandni yirik hisobda yengdi

    30.05.2021, 22:19

    Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va mavsum ramziy terma jamoasi aniqlandi

    30.05.2021, 21:29

    Kevin de Bryuyne jarohati haqida ma’lumot berdi. U Yevro—2020 ni o‘tkazib yuborishi mumkin

    30.05.2021, 19:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.