Yevropa Superligasi tashkilotchilari FIFA va UEFA taqiqlaridan keyin ham kurashni davom ettirmoqda.
Yevroittifoq sudi raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgani sababli FIFA va UEFAga qarshi Superliga ishtirokchilarining da’vosini ro‘yxatdan o‘tkazgan, bu haqda tashkilotning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.
Qayd etish joiz, dastlabki da’vo Madrid sudiga berilgandi.
Avvalroq, UEFA Superligani tark etmagan “Real”, “Barselona” va “Yuventus”ga nisbatan intizomiy ish choralari qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 18-aprel kuni 12 klub boshchiligida Yevropa Superligasiga asos solingandi. Oradan ikki kun o‘tib qator klublar birin-ketin loyihani tark eta boshladi va Superliga loyihasi vaqtincha to‘xtatildi. Ayni damda faqat “Real”, “Barselona” va “Yuventus” loyihadan voz kechmagan.
Izoh (0)