• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    BMT, Yevropa Ittifoqi va AQSh “Mehr” operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga qaytarilgan ayollar va bolalar reintegratsiyasiga ko‘maklashadi

    O‘zbekiston hukumati va BMTning mamlakatdagi vakolatxonasi Yevropa Ittifoqi va AQSh Davlat departamentining moliyaviy ko‘magi bilan mojaroli hududlardan qaytgan ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT / YeI  / AQSh muvofiqlashtirilgan harakatlarini boshladi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda tomonlarning 27-may kuni tarqatilgan bayonotida aytilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yildan buyon O‘zbekiston Suriya, Iroq va Afg‘onistondan ayollar va bolalarni qaytarish bo‘yicha beshta “Mehr” operasiyasini amalga oshirdi. Mojaroli hududlardan jami 531 kishi mamlakatga olib kelingan.

    Muvofiqlashtirilgan harakatlar repatriatsiya qilingan (vatanga qaytarilgan)larning reintegratsiyasi (jamiyatga qo‘shilishi)ni qo‘llab-quvvatlash uchun texnik va moliyaviy resurslar taqdim etadi.

    “Ushbu yondashuv bolalarning qurbon sifatidagi maqomini tan olish va ularning shaxsiy manfaatlarini gender jihatlarni hisobga olgan holda bolalar va ayollar uchun jamoa darajasida o‘tkaziladigan reintegratsiya dasturlari orqali himoya qilish zaruratiga asoslanadi”, — deyiladi bayonotda.

    AQSh Davlat departamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur O‘zbekistonga qaratilgan, YeI tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur esa submintaqaviy bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga qamrab oladi.

    Yordam Suriya va Iroqdan qaytarilgan shaxslarga nisbatan BMTga a’zo davlatlarni qo‘llab-quvvatlashning global asoslari doirasida ko‘rsatiladi. Dastur ikkita tarkibiy qismdan iborat. Birinchisi qaytarilgan odamlarning himoyasi va insonparvarlik ehtiyojlari uchun javob beradi (YuNISEF rahbarligida), ikkinchisi esa qaytib kelganlarning ayrimlari tomonidan sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlari uchun javobgarlik va xavfsizlikni ta’minlaydi (BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshchiligida).

    “Bugungi uchrashuv hamkorlikda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli ishlarning boshlanishiga bag‘ishlangan. Va ishonchim komilki, bu o‘z vataniga qaytgan bolalar va ayollarni reintegratsiyalashga va ularning qayta radikallashuvining oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni birlashtirishda o‘ziga xos boshlanish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi”, — degan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev.

    “Ishonchli texnik yordam ko‘rsatish va inson salohiyatini oshirish orqali ushbu harakatlar inson huquqlarini ro‘yobga chiqarish, demokratiyani rivojlantirish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga yordam beradi. Qaytarilayotgan bolalar va oilalarni reintegratsiya qilish aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami va umuman, aholining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, ularning yanada keng ijtimoiy-iqtisodiy integrasiyasi uchun salohiyatlarini oshirish orqali tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, qashshoqlik va ijtimoiy yakkalanishni qisqartirishga yordam beradi”, — degan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian.

    “AQSh O‘zbekistonning o‘z fuqarolarini mojaroli hududlardan, shu jumladan, Iroq va Suriyadan repatriatsiya va reintegratsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishlaydi. Ushbu harakatlarda O‘zbekiston kabi faol ishtirok etgan davlatlar kam”, — degan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum.

    “YuNISEF Markaziy Osiyo hukumatlarining qurolli to‘qnashuvlar dahl qilgan bolalarning reintegratsiya huquqiga asoslangan yondashuvni qo‘llash borasidagi ishlarida hamkorlik qilishda davom etadi, — degan YuNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon. — Bizni qanchadan qancha bolalar o‘z oilalari bilan birlashtirilgani ruhlantiradi va har bir bola diskriminatsiyadan himoyalanishi va boshdan o‘tkazganlaridan o‘ziga kelish imkoniga ega bo‘lishini ta’minlash uchun mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga sodiq qolamiz”.

    BMTning mamlakatlardagi vakolatxonalari ma’lumotlariga ko‘ra, repatriatsiya qilinganlarning aksariyati, taxminan, 900 kishi, shu jumladan, 600 nafardan ortiq bolalar O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi. 2019-yil aprel oyi oxirida Tojikiston Iroqdan 84 nafar bolani vatanga qaytarish bo‘yicha bir martalik operasiya o‘tkazgan. 2021-yil mart oyida uzoq tayyorgarlikdan so‘ng Qirg‘iziston Iroqdan hamrohlikda kuzatib borishsiz 79 nafar bolani qaytargan.

    Repatriatsiya qilinganlar — IShID va boshqa terrorchilik guruhlariga qo‘shilish uchun Suriya va Iroqqa ketganlarning oila a’zolari. “Oila a’zolarining ayrimlari ularga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan bo‘lsa, aksariyati bo‘ysundirilgan, manipulyatsiya qilingan yoki ularga ergashishga majbur qilingan. Bundan tashqari, Suriya va Iroqdagi mojarolarda minglab bolalar chet ellik ota-onalardan tug‘ilgan”, — deyiladi xabarda.

    “Garchi jang paytida ko‘plab xorijiy terrorchilar o‘ldirilgan bo‘lsa-da, ko‘plab odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar janglardan qochgan, lagerlarga ko‘chirilgan”, — deya ta’kidlangan xabarda.

    BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda 68 ming kishi Suriyaning shimoli-sharqidagi Al-Hol va Al-Roj lagerlarida. 50 dan ortiq mamlakatdan bo‘lgan, taxminan, 10 ming kishi iroqlik ham, suriyalik ham bo‘lmagan “uchinchi mamlakat fuqarolari” dir. Ularning 99 foizi — ayollar va bolalar.

    “Lagerlarda vaziyat beqaror va yashash sharoiti, tabiiyki, yomon, ayniqsa, Al-Hol va Al-Roj lagerlarida. Hukm surayotgan ishonchsizlik va zo‘ravonlik esa lagerlardagi zaif guruhlarning xavfini yanada kuchaytiradi. Suriya va Iroqdagi ishlardan tashqari, yuzlab ayollar va bolalar Afg‘onistonda tutqunlikda saqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir:“Saboq oling, aldanib qolmang” — Suriyadan O‘zbekistonga qaytarilgan 5 farzandli ayolning iqrori

    IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    28.05.2021, 06:47   Izoh (0)   10601
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi

    28.05.2021, 06:16

    Toshkentdagi jazirama, Fransiyaning aybini tan olgan Makron, hokimiyatga qarshi chiqqan qizaloq. 27-may suratlari

    27.05.2021, 23:58

    O‘zbekistondan 163 gr oltin quymasini og‘iz bo‘shlig‘ida noqonuniy ravishda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

    27.05.2021, 23:27

    O‘zbekiston 1-oktabrga qadar 1000 ta tez tibbiy yordam mashinasini xarid qiladi

    27.05.2021, 23:11

    “O‘zbekneftgaz”: Muborak gazni qayta ishlash zavodida geologiya-qidiruv ishlari muhokamasiga doir sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

    27.05.2021, 23:00

    Nukusda bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Voqea yuzasidan rasmiy izoh berildi

    27.05.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.