• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Muborak gazni qayta ishlash zavodida geologiya-qidiruv ishlari muhokamasiga doir sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, tabiiy gaz zaxirasi o‘sishini ta’minlash va joylarda qazib chiqarish borasida qilinayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

    Muborak gazni qayta ishlash zavodida tashkil qilingan maxsus shtabda o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021-yilning boshida shu kunga qadar qilingan har bir ish va rejalashtirilgan vazifalarni joyida o‘rganish maqsadida, tashkil etilgan sayyor yig‘ilishda tabiiy gaz qazib chiqarilishida unumdorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda uglevodorod xomashyo zaxiralarini oshirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Qobuljon To‘xtayev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Odash Karshiyev, Neft va gaz ilmiy-tadqiqot, loyihalash instituti rahbari Ulug‘bek Nazarov, “O‘zbekgeofizika” AJ rahbari Anvar Toshqulov, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti rahbari Ravshanjon Yusupjonovlar ishtirok etdi.

    O‘rganish davomida, 2021-yil boshidan buyon bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarining bugungi holati, uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish ishlarining natijalari, bu borada joriy yil yakuniga qadar belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish va jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    2021-yilning o‘tgan davri mobaynida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va rivojlantirish ishlariga “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘z vaqtida yetarli miqdordagi moliyaviy mablag‘larning yo‘naltirilishi natijasida 280 kvadrat kilometr 3D seysmik-qidiruv ishlari bajarildi.

    Yig‘ilishda aynan shuning natijasida, 13 ta yangi maydon burg‘ilash ishlariga kiritilgani, 64,5 ming pogon metrdan ortiq burg‘ilash ishlari amalga oshirilgani, 8 ta quduq qurilish bilan tugatilgani va buning natijasida 2 ta “G‘arbiy Quyi Surgil” (Ustyurt regioni) va “Ijobat” (Buxoro-Xiva regioni) yangi konlari ochilgani ta’kidlandi.

    Ushbu davr mobaynida uglevodorod zaxiralarini o‘stirish, yilning o‘tgan davrida tabiiy gaz zaxirasini 2,048 milliard kub metrga (102,4 foiz), suyuq uglevodorodlarni esa 0,265 million tonnaga (265 foiz) o‘stirilganligi qayd etib o‘tildi.

    Boshqaruv raisi tadbirlarni amalga oshirish uchun 265,5 milliard so‘m miqdoridagi moliyaviy mablag‘lar yo‘naltirilgani, shulardan 254,2 milliard so‘mni burg‘ilash ishlariga, 9,3 milliard so‘mni 3D seysmik-qidiruv ishlariga va yana 1,9 milliard so‘mni esa ilmiy-tekshirish ishlariga sarflanganini ma’lum qildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan quduqlarni burg‘ilashni o‘z vaqtida tashkil qilish maqsadida, zarur material-texnik resurslarni sotib olish uchun qiymati 65 million dollarni tashkil qilgan shartnomalar tuzilib, kerakli jihozlarni yetkazib berish ishlari boshlandi.

    Bu borada qilingan ishlar, belgilangan vazifalar borasida “O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti rahbari Gulmurod Mavlonov o‘z hisobotini taqdim qildi.

    2021-yilda yangi konlarni ochish va zaxiralarni ko‘paytirish maqsadida, “Sho‘rtan” va “Uchqir” konlari hamda ularning atrofidagi hududlarda 1370 kvadrat kilometr 3D seysmik-qidiruv ishlarini bajarish, jamiyat balansidagi 4 ta hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan 15 ta, jami bo‘lib esa 19 ta yangi maydonda 170 ming pogon metr hajmda izlov-qidiruv burg‘ilash ishlarini olib borish, 50 ta izlov-qidiruv quduqlarini qurilish bilan tugatish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Boshqaruv raisi tomonidan burg‘ilash jarayonlarini uzluksiz tashkil etish, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, bajarilayotgan ishlarni har bir hudud kesimida alohida o‘rganish natijasida yil yakuniga qadar 35 milliard kub metr tabiiy gaz va 900 ming tonna suyuq uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha boshqarmalarning bosh geologlari hamda mas’ul rahbarlarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

    Geologiya-qidiruv ishlarining natijadorligi maydonlardagi burg‘ilash dastgohlarining yetarli darajada moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq ekanligi sabab, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar tanqidiy muhokama qilindi hamda bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi rahbari Ulfat Amonovga burg‘ilash ishlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni qisqa vaqtda bartaraf etish, kechiktirib bo‘lmas choralarni ko‘rish kerakligi aytildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ Burg‘ilash ishlarini muvofiqlashtirish departamenti Elyor Mamatovga burg‘ilash ishlarini tez va sifatli bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha boshqaruv raisiga axborot kiritib borish hamda muammolarning bartaraf etilishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish kerakligi belgilab berildi.

    Ta’kidlash kerakki, geologiya-qidiruv ishlari doirasidagi burg‘ilash va boshqa zarur ishlarni bajarishga 10 ga yaqin burg‘ilash, geofizika va ilmiy-tadqiqot ishlariga ixtisoslashgan korxonalar pudratchi sifatida jalb etildi.

    O‘rganishlar davomida geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish borasida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik va buning natijasida amalga oshirilgan ishlar holati ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

    Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” AJ va Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti davlat korxonalari tomonidan buyurtma asosida bajarilayotgan ishlar va tadqiqotlarning samaradorligi masalalari tahlil qilindi.

    “O‘zbekgeofizika” AJ va Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobiga bajarilayotgan ishlarga zamonaviy geofizik uskunalar va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda neft va gaz sohasida keng ko‘lamli qidiruv ishlarini amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.

    Bu borada “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida 40 dan ortiq shartnomalar moliyalashtirilayotganligi ushbu ishlarni bajarish uchun mustahkam zamin yaratishi bildirildi.

    O‘z navbatida, dasturiy komplekslarni qo‘llash orqali ularni zamonaviy talablarga mos holda amalga oshirishni boshlash zarurligi qayd etildi.

    So‘nggi yillarda yangi konlarni ochishni ilmiy asoslash va geologiya-qidiruv ishlarining yangi yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar yetarli darajada puxta bajarilmayotganligi va bu ishlarga yangicha yondashish zarurligi, zaxiralarni hisoblash ishlaridagi bir qator kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi, izlov burg‘ilash ishlarini loyihalashtirish ishlarini zamonaviy darajada qayta tashkil etish talab etayotganligi, shuningdek, 3D seysmik-qidiruv ishlarini bajarishni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishildi.

    Boshqaruv raisi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ Konlarni ishlatish departamenti rahbari Sirojiddin Mallayev va Sho‘rtan, Ustyurt, Gazli, Vodiy, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari bosh geologlariga geologiya-qidiruv ishlari natijasida ochilgan yangi konlar va mahsulot olingan quduqlarni qisqa muddatlarda ishlab chiqarishga jalb qilish, bu orqali tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, joylarda olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga erishish, ishlarni jadallashtirish vazifasi topshirildi.

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan, hafta davomida Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan tabiiy gaz konlari va quduqlarida olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganiladi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    27.05.2021, 23:00   Izoh (0)   21233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusda bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Voqea yuzasidan rasmiy izoh berildi

    27.05.2021, 22:58

    Namanganda 61 yoshli erkakning behayo suratlarini internetda tarqatmaslik uchun 2 mln so‘m so‘ragan “ayol” ushlandi

    27.05.2021, 22:46

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalarida o‘sishga xizmat qiladigan hujjat imzolandi

    27.05.2021, 22:34

    Toshkentda 5 yoshli o‘g‘lini urib o‘ldirgan sport murabbiyiga sud hukmi o‘qildi

    27.05.2021, 21:27

    Toshkentdagi xonadonda jismoniy imkoniyati cheklangan qizni qiynagan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    27.05.2021, 21:12

    Xodimini haqorat qilgan O‘rta Chirchiq obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi

    27.05.2021, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.