Ijtimoiy tarmoqlarda 27-may kuni Nukus shahar Allayar Dosnazarov ko‘chasida bir guruh fuqarolar yo‘lni to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi. Voqea yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, o‘rganish davomida Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bank xizmatlar markazining va Pensiya jamg‘armasi Nukus shahar bo‘limining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 4-avgust kungi PQ-4797 sonli qarori asosida nafaqa pullarini tarqatish yoki berish “Ijtimoiy muhofaza qilishning yagona reyestri” axborot tizimida nosozliklar yuzaga kelgan.
Bu borada tegishli tashkilotlar tomonidan ishlar olib borilib, texnik nosozliklar bartaraf etilganligi va shu kunning ikkinchi yarimida nafaqa oluvchilarning plastik hisob raqamiga o‘tkazib berilganligi aniqlandi.
Bundan avval Sirdaryoda ish haqidan norozi klaster ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani, Chirchiqda ish haqlari to‘lanmagan ishchilar hokimlik binosi oldiga namoyishga chiqqani hamda Olmaliqda ayollar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)