Boks bo‘yicha Osiyo chempionati—2021 musobaqasining 26-may kungi janglari yakunlandi.
Saidjamshid Ja’farov (-75 kg) turnirdagi ikkinchi jangida qirg‘izistonlik Omurbek Bekjigit uuluga qarshi to‘qnash keldi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu vazn toifasining to‘rtinchi raqamli vakilini taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg) qatarlik Said as-Samix Nossirga qarshi jang qildi va ikkinchi raunddagi texnik nokaut evaziga raqibini yengdi.
Bahodir Jalolovning (+91 kg) tojikistonlik raqibi Siyovush Zuxurov jangga chiqmaslikka qaror qildi va o‘zbekistonlik bokschi avtomatik tarzda yarim finalga chiqdi.
O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)