• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Manchester Yunayted” Unai Emeri boshqaruvidagi “sariq suv osti kemasi”ga qarshi. Yevropa Ligasi finali haqida

    “Manchester Yunayted” Ispaniyaning yettinchi jamoasi “Vilyarreal”ga qarshi o‘ynaydi. Ispan klubini Yevropa Ligasini yutish “hadisini olgan” Unai Emeri boshqarib bormoqda. Jamoalar shu kunga qadar rasmiy o‘yinlarda to‘rt bor to‘qnash kelgan bo‘lsa, ularning barchasida 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etilgan. Biroq bu Gdanskdagi final zerikarli o‘tishini anglatmaydi, sababi yuqoridagi to‘rt o‘yin bundan 12—15 yillar oldin o‘tkazilgan. Inglizlarning kuchli hujum chizig‘i ispanlarning tartibli himoyasini yorib o‘tishga harakat qiladi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Yevropa Ligasi

    Final bahsi

    “Vilyarreal” (Ispaniya) — “Manchester Yunayted” (Angliya)

    26/27-may, 00:00

    Gdansk, Polsha

    Jamoalar bosib o‘tgan yo‘l

    “Vilyarreal”ning Yevropa Ligasining ko‘rsatkichlari juda yuqori darajada: 12 g‘alaba va ikki durang! Unai Emeri jamoasi guruh bosqichidayoq o‘z ustunligini namoyish qila oldi. “Sariq suv osti kemasi” “Sivasspor” va “Qorabog‘”ni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi, “Makkabi Tel-Aviv” qarshi uchrashuvda bittadan g‘alaba va durang qayd etdi. To‘plangan 16 ochko orqali guruhda birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘llanma oldi. 1/16 finalda ispan klubi “Zalsburg”ni ikki o‘yinda ham taslim etdi (2:0, 2:1). Keyinchalik “Dinamo Kiyev” (2:0, 2:0) va “Dinamo Zagreb” (1:0, 2:1) ortda qoldirildi. Yarim finalda Emeri sobiq jamoasi “Arsenal”ni dog‘da qoldirdi (2:1, 0:0).

    “Manchester Yunayted”ning yo‘li Chempionlar Ligasida boshlandi. Ingliz klubi guruh bosqichida “PSJ”, “Leypsig” va “Istanbul Bashakshehir” bilan bahs yuritdi va uchinchi o‘rinni olib, Yevropa Ligasiga tushdi. Yevropa Ligasida Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ispan va italyan jamoalariga qarshi o‘ynadi. Avvaliga “Real Sosyedad”ni to‘sig‘idan (4:0, 0:0) o‘tgan jamoa keyingi bosqichda “Milan”ni ortda qoldirdi (1:1, 1:0). Shundan keyin “Yunayted” “Granada”ni muammosiz yengdi (2:0, 2:0) va yarim finalda “Roma”ga imkon qoldirmadi (6:2, 2:3).

    Foto: UEFA

    “Vilyarreal”

    Yevropa Ligasida “Vilyarreal” himoyasini yorib o‘tish oson bo‘lmayapti

    Musobaqada ispan klubining so‘nggi to‘rtta raqibi ikkita o‘yindan iborat to‘qnashuvda bittadan ortiq gol ura olmadi. “Vilyarreal” to‘rtta himoyachi bilan o‘ynab kelmoqda va ular tarkibida haqiqatda yaxshi futbolchilardan iborat. Raul Albiol ortiqcha ta’rifga muhtoj emas: himoyachi 35 yosh bo‘lishiga qaramay hamon yuqori saviya qayd etmoqda. Albiol bilan juftlikda ortda qolgan mavsum kashfiyotiga aylangan Pau Torres o‘ynaydi. 24 yoshli futbolchi transfer bozorida xaridorgir “mahsulot” bo‘lib turibdi. Unga da’vogarlar qatorida aynan “Manchester Yunayted” ham bor.

    “Vilyarreal” qanoti ham kuchli o‘yinchilardan iborat, ikkisi ham klub tizimidan chiqqan. Mario Gaspar — jamoaning yetakchisi va sardori, Alfonso Pedrasa esa yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan yana bir iqtidor egasi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchiga “Barselona”dan qiziqish bor, biroq hozirning uning uchun eng muhim Yevropa Ligasida g‘olib chiqish. Shunday ekan “Manchester Yunayted” hujumchilari bu o‘yinda raqib darvozasiga yo‘l topish uchun ancha-muncha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

    Foto: Getty Images

    Yevropa Ligasi g‘olibligi — Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish uchun so‘nggi imkon

    “Vilyarreal” La Ligada yettinchi o‘rinni oldi va yangi tashkil etilgan Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanma oldi. UEFAning yangi musobaqasi top-5 liga klublarini qiziqtirishi ehtimoli kam. Shu sabab Yevropa Ligasi finalida bor kuchni tashlashdan o‘zga chora yo‘q. Jamoa ortda qolgan mavsumdagi o‘yinidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, kamida Yevropa Ligasiga munosib edi: “Vilyarreal” ko‘p o‘yinlarda yaxshi harakat qilib, ochko yo‘qotdi. Shuningdek, Emeri shogirdlari urilgan gollar borasida faqat “Barselona” va Madrid jamoalaridan ortda qoldi.

    Yana Emerining Yevropa Ligasi bo‘yicha haqida mutaxassis ekanini unutmaslik lozim. Emeri “Sevilya” bilan uch bor ushbu sovringa ega chiqqan, “Arsenal” bilan esa finalga qadar yetib kelgandi.

    “Manchester Yunayted”

    “Manchester Yunayted” yaxshi formada emas

    “Qizil iblislar” so‘nggi oltita o‘yinda bor-yo‘g‘i ikkita g‘alaba qayd etdi, shu bilan birga uchta o‘yinni boy berdi. Albatta, buni maqsad yo‘qligi va motivatsiya bilan bog‘lash mumkin: “Roma”ga qarshi mag‘lubiyat to‘rtta to‘p farqi bilan zafar quchilgan o‘yindan keyin bo‘ldi, “Lester”ga qarshi bahsda esa ikkinchi tarkib maydonga tushdi. Biroq prinsipial raqib bo‘lgan “Liverpul”ga qarshi o‘yin asosiy tarkib bilan boy berildi. “Fulhem”ga qarshi o‘yindagi 1:1 hisobini tushuntirish qiyin. Edinson Kavani maydon markazidan juda chiroyli gol urdi, biroq autsayder “Old Trafford”dan ochko olib qaytdi. Bunday xotirjamlik mavsumning so‘nggi o‘yinida ham pand berib qo‘yishi mumkin

    Foto: Getty Images

    “Manchester Yunayted” o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga ega bo‘ldi — Premyer Liganing so‘nggi turida “Vulverhempton”ga qarshi o‘yinda zaxira o‘yinchilarini tashladi, zaxiradan tushgan o‘yinchilarini hatto “Manchester Yunayted”ning muxlislari ham tanishi mushkul masala. Qo‘shimcha hordiq kunlari ingliz klubining tiklanish jarayoniga ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin, “Vilyarreal” esa shanba kuni o‘yin o‘tkazdi, biroq bu hal qiluvchi ahamiyatga ega deb bo‘lmaydi.

    Harri Maguayrning ishtiroki so‘roq ostida

    “Manchester Yunayted” sardori jamoaning so‘nggi o‘yinini may oyi boshida o‘tkazgandi. “Aston Villa”ga qarshi o‘yinning 78-daqiqasida futbolchi jarohat tufayli zaxiraga olingandi va shundan beri maydonga tushgani yo‘q. Harri Gdanskka jamoa bilan birga kelgan. Sulsher jurnalistlarning futbolchi holati bilan bog‘liq savoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan qochdi va yakuniy qaror mashg‘ulotlardan keyin chiqarilishini ma’lum qildi.

    Agar Angliya terma jamoasi vakili o‘yinda qatnasha olmaydigan bo‘lsa, uning o‘rnini katta ehtimol bilan Aksel Tuanzebe egallaydi. 23 yoshli futbolchi mavsum davomida u qadar ko‘p o‘yin amaliyotga ega bo‘lmadi, biroq uning maydonga tushishi “billur oyoq” Erik Bayinikidan ko‘ra haqiqatga yaqinroq.

    Jamoalarning so‘nggi 10 ta o‘yindagi statistikasi

    Jamoalarning so‘nggi 10 ta o‘yindagi statistikasi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Taxminiy tarkiblar

    “Vilyarreal”: Ruli, Pedrasa, Torres, Albiol, Gaspar, Kapu, Parexo, Gomes, Trigeros, Bakka, Moreno.

    “Manchester Yunayted”: De Xea, Shou, Lindelyof, Tuanzebe, Uan-Bissaka, Fred, Maktominay, Pogba, Reshford, Brunu Fernandesh, Kavani.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    26.05.2021, 21:15   Izoh (0)   17014
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muxlislarsiz mavsum effekti: O‘tgan mavsumda top-5 ligalarning 3 tasida mezbon jamoalarning eng kam g‘alabasi qayd etildi

    26.05.2021, 21:03

    Niderlandiya terma jamoasi Yevro—2020 uchun qaydnomani e’lon qildi

    26.05.2021, 19:24

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Turkmaniston bilan o‘ynaydi. Uchrashuv yopiq bo‘ladi

    26.05.2021, 17:01

    Angliya Premyer Ligasining may oyidagi eng yaxshilari nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

    26.05.2021, 16:04

    “Inter”ga A Seriya g‘olibligini keltirgan Antonio Konte 48 soat ichida klubni tark etishi mumkin

    26.05.2021, 14:56

    Muxtorxon Toshxo‘jayev yangi tashkil etilgan Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rahbarligiga saylandi

    26.05.2021, 14:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aralash mato va gazlama 2028-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:49

    Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

    Sport | 13 avgust, 15:34

    Grok G‘azo bo‘yicha javobi uchun vaqtincha bloklandi

    Dunyo | 13 avgust, 15:31

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.