“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli jamoani tark etishi mumkin, deb yozmoqda Gazetta dello Sport.
Ortda qolgan 2020/21-yilgi mavsumda A Seriyada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 51 yoshli mutaxassis “neradzurri” rahbariyatining moliyalashtirishni qisqartirmoqchi ekanligidan norozi.
Qayd etilishicha, “Inter” prezidenti Stiven Chjan jamoaning bir qancha yetakchi futbolchilarini sotmoqchi, shuningdek, ish haqini ham 15-20 foizga qisqartirmoqchi. Kontega bu qarorlar yoqmagan, u keyingi mavsum uchun jamoani kuchaytirish kerak deb hisoblamoqda. Ahvol shu darajaga yetganki, yaqin 48 soat ichida tomonlar o‘zaro shartnomani bekor qilishi mumkin.
Agar Konte jamoani tark etsa, uning o‘rnini Massimiliano Allegri, Sinisha Mixaylovich, Paulu Fonseka yoki Mauritsio Sarri egallashi mumkin. Uning o‘ziga esa “Real” tomonidan qiziqish bildirilayotgani aytilmoqda.
Konte 2019-yildan beri “Inter”ni boshqarib keladi. Jamoa uning qo‘l ostida 2020/21-yilgi mavsumda 11 yillik tanaffusdan keyin A Seriyada zafar quchdi.
Izoh (0)