• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Shaharliklar” yana tengsiz, London klublarining kutilmagan natijalari va omadsiz “tulkilar”. APLda 2020/21-yilgi mavsum yakunlari

    Yevropaning top-ligalari qatorida Angliya chempionatida ham 2020/21-yilgi mavsum yakunlandi. “Daryo” Premyer Liganing ortda qolgan mavsumi qisqacha tahlilini taqdim etadi.

    “Manchester Siti”ning kambeki, cho‘qqidan qulagan “Liverpul”

    Mavsum avvalida “Manchester Siti” va “Liverpul” chempionlik uchun asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilayotgandi. Biroq mavsum startida har ikki jamoa ham ishonchni oqlamadi. O‘tgan mavsum katta farq bilan chempionlikni tantana qilgan “qizillar” startdayoq Virjil van Deykni yo‘qotdi. Shundan so‘ng jamoada jarohatlar epidemiyasi boshlandi. Yurgen Klopp mavsum davomida markaziy himoyada 20 xildan ortiq juftlikni o‘ynatgani bunga yaqqol misol.

    Foto: Getty Images

    “Shaharliklar” esa dekabr o‘rtalariga qadar juda beqaror o‘yin ko‘rsatdi. Mavsum avvalidagi 12 o‘yinda Gvardiola jamoasi 5 g‘alaba, 5 durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi. Shundan keyin “Siti” ketma-ket g‘alabalarni qatorlashtirdi, toki mart oyi boshida “Manchester Yunayted” to‘xtatmagunga qadar. Shundan keyin faqat Marselo Byelsaning “Lids”i “Manchester Siti”ni to‘xtata oldi. Chempionlik masalasi deyarli hal bo‘lgan paytda “Chelsi”ga qarshi kechgan bahs va chempion sifatida “Brayton” bilan o‘yindagi mag‘lubiyatlarni hisobga olmaganda, albatta. “Manchester Siti” Rojdestvo vaqtida 8-o‘rinda bo‘lib, yakunda APL chempionligini qo‘lga kiritgan tarixdagi ilk jamoa bo‘ldi.

    Yevrokuboklar uchun “qonli” kurash va omadsiz “Lester”

    Mavsumning yakuniy pallasida Premyer Ligada so‘nggi yillardan beri kuzatilmagan holat yuz berdi. Mavsum tugashiga 3-4 tur qolganda chempiondan tashqari ligani tark etadigan klublar nomi ham ma’lum bo‘lishga ulgurdi. Intriga faqat Yevropa Chempionlar Ligasi va qolgan Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashda qoldi.

    Foto: Getty Images

    “Lester” xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi bu safar ham so‘nggi pallada bo‘shashdi va buning to‘lovi qimmatga tushdi. So‘nggi turda jamoa Konferensiyalar Ligasi uchun kurashayotgan “Tottenhem”ga qarshi o‘ynashi va bu o‘yinda ochko olishi shart edi. O‘yin davomida “tulkilar” hisobda oldinda borishga ham muvaffaq bo‘ldi, biroq Garet Beylning dubli “shporlar”ga g‘alaba keltirdi. Raqobatchi “Chelsi” esa parallel o‘yinda yutqazgan bo‘lishiga qaramay to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini APL orqali hal qildi. “Lester” uchun bu qanchalik alamli bo‘lganini bir fakt bilan tasvirlash mumkin: jamoa 242 kun davomida APL top-4 ligida yurdi, yakunda 5-o‘rinni oldi.

    Suaresga atalgan mavsum, “yarador” “Real” va beqaror “Barselona”. La Ligada 2020/21-yilgi mavsum yakuni

    London klublarining kutilgan va kutilmagan natijalari

    Bu London klublari uchun juda qiyin mavsum bo‘ldi. Frenk Lempard (“Chelsi”) va Joze Mourinyo (“Tottenhem”) kabi mutaxassislar mavsum o‘rtasida iste’foga chiqarilganining o‘zi ko‘p savollarga javob bera oladi. “Arsenal” rahbariyati hamshaharlaridan ko‘ra sabrliroq bo‘ldi, so‘nggi 15 yillikdagi eng yomon ko‘rsatkichga qaramay Mikel Artetani olib qoldi.

    Ma’lum vaqt davomida Londonning eng yaxshi jamoasi “Vest Hem” bo‘lib turdi. Devid Moyes jamoasining natijalari mavsumning o‘ziga xos sensatsiyasi bo‘ldi. “Bolg‘achilar” top-4 likdan ikki ochkolik farq bilan ortda qolib, 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi va haqli ravishda Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. “Vest Hem”ning bu natijalarida “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan Jessi Lingardning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Futbolchi ketma-ket ikki bor APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga ulgurdi.

    Foto: Getty Images

    Mavsum “Chelsi” uchun “amerikacha attraksion”ga o‘xshash bo‘ldi. Startni u qadar yomon o‘tkazmagan “ko‘klar” keyinchalik bir tekisda o‘yin namoyish qila olmay qoldi. Qishda jamoaning ketma-ket qoniqarsiz natijalari Lempardning iste’fosiga sabab bo‘ldi. Tomas Tuxelning kelishi esa jamoani qayta jonlantirdi. Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatdan tashqari jamoa APLda kuchli to‘rtlikka kira oldi. Biroq mavsumning so‘nggi pallalarini “Chelsi” juda yomon o‘tkazdi. Oldinda “aristokratlar”ni yana bitta muhim o‘yin kutmoqda — jamoa Chempionlar Ligasi finalida “Manchester Siti” bilan kuch sinashadi.

    “Arsenal” haqida gapiradigan bo‘lsak, Arsen Venger davrida top-6 likdan quyiga tushmagan jamoa ketma-ket ikkinchi mavsum 8-o‘rinni oldi. Shuningdek, jamoa 1995/96-yilgi mavsumdan beri ilk bor Yevrokuboklarsiz qoldi.

    APL 2020/21-yilgi mavsum yakunlari

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Chelsi” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. “Lester” va “Vest Hem” Yevropa Ligasida o‘ynaydi, “Tottenhem” esa Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi. “Fulhem”, “Vest Bromvich” va “Sheffild Yunayted” ligani tark etdi.

    APL 2020/21-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purarlari

    APL 2020/21-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purarlari
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    APL 2020/21-yilgi mavsumining eng yaxshi assistentlari

    APL 2020/21-yilgi mavsumining eng yaxshi assistentlari
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Faktlar, statistika va raqamlar

    • “Manchester Siti” Premyer Ligada ketma-ket 12 ta safar o‘yinida g‘alaba qozondi. Bu Angliyaning yuqori to‘rt divizioni uchun rekord natija hisoblanadi;
    • “Lester” 2020/21-yilgi mavsumda 242 kun APL top-4 ligida yurib, yakunda 5-o‘rinni oldi. 2019/20-yilgi mavsumda ham jamoa kuchli to‘rtlikda 325 kun mobaynida turgan va oxirda 5-o‘rinni olgan;
    • Harri Keyn APL bir mavsumida eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistent bo‘lgan Endi Kouldan keyin tarixdagi ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi;
    • Serxio Aguero “Manchester Siti”da APLdagi 184-golini urdi va bitta klub safida eng ko‘p gol urish borasida Ueyn Runining (183) rekordini yangiladi;
    • “Manchester Yunayted” 2020/21-yilgi mavsum safar o‘yinlarida yutqazmadi;

    Mavsum qahramonlari

    • Eng yaxshi o‘yinchi: Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”);
    • Eng yaxshi murabbiy: Pep Gvardiola (“Manchester Siti”);
    • Eng yaxshi yosh o‘yinchi: Fil Foden (“Manchester Siti”);
    • Eng yaxshi transfer: Jessi Lingard (“Manchester Yunayted”dan “Vest Hem”ga);
    • Mavsum omadsizi: Joze Mourinyo (“Tottenhem” sobiq ustozi).
    Qayd etish joiz, mavsum laureatlari “Daryo”ning sportga ixtisoslashgan Telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlandi.

    Mavsum ramziy terma jamoasi:

    Darvozabon: Ederson (“Manchester Siti”);

    Himoyachilar: Lyuk Shou (“Manchester Yunayted”), Ruden Diash, Jon Stounz, Joau Kanselu (barchasi – “Manchester Siti”), ;

    Yarimhimoyachilar: Ilkay Gundo‘g‘an, Kevin de Bryuyne (ikkisi “Manchester Siti”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”);

    Hujumchilar: Muhammad Saloh (“Liverpul”), Meyson Maunt (“Chelsi”), Harri Keyn (“Tottenhem”).

    APL 2020/21-yilgi mavsumi ramziy terma jamoasi

    APL 2020/21-yilgi mavsumi ramziy terma jamoasi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Muallif: Nodirxon Hamidxonov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    26.05.2021, 04:37   Izoh (0)   17850
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks. Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

    26.05.2021, 01:18

    Boks. Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo chempionatidagi dastlabki jangida hindistonlik bokschini mag‘lub etdi

    25.05.2021, 21:01

    Angliya terma jamoasi Yevro—2020 uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

    25.05.2021, 19:00

    Rasman: Hans-Diter Flik Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladi

    25.05.2021, 14:47

    APLning 2020/21-yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

    25.05.2021, 14:05

    CIES talqiniga ko‘ra A Seriya 2020/21-yilgi mavsumi ramziy terma jamoasi aniqlandi. Unda Ronalduga joy topilmadi

    25.05.2021, 13:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ota-onalik — bolaligingda yoningda ko‘rishni istagan katta odam bo‘lish imkoniyatidir”. Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiylaydi?

    Layfstayl | 3 iyun, 13:28

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.