Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov (9-1, 5 KO) 26-iyun kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschiga AQSh vakili Kvinton Rendall (8-0, 2 KO) raqib bo‘ladi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rasman ma’lum qildi.
Las-Vegasda o‘tadigan mazkur musobaqaning asosiy jangi Vasiliy Lomachenko (14-2, 10 KO) va Mosayoshi Nakatani (19-1, 13 KO) o‘rtasida kechadi.
G‘oibnazarov so‘nggi jangini 2020-yilning dekabr oyida armanistonlik Manuk Dilanyanga (11-5, 4 KO) qarshi o‘tkazib, uni ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.
Yengilmas Rendall esa oxirgi jangini 2021-yilning 14-aprelida Uillyam Jeksonga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)