• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz o‘z e’tirozimizni bildiramiz”. Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan deputat ishi yuzasidan Andijon viloyati deputatlari Prezidentga murojaat qildi

    Andijon viloyati Xalq deputatlari kengashlarining bir guruh deputatlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan hamkasblari ishi yuzasidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.

    Foto: YouTube / @Soyadagisiyosatchilar

    Foto: YouTube / @Soyadagisiyosatchilar

    Murojaatda dastlab so‘zga chiqqan Andijon shahar kengashi deputati Jahongir Jiyanov mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida islohotlarni amalga oshirishda Prezident bilan yelkama-yelka turib ishlayotganidan xursandligini aytdi. Shu bilan birga, u mansabdor shaxslar tomonidan deputatlarga bosim o‘tkazilishi to‘g‘risida gapirib, kengashning “qonunlar va qonunosti hujjatlariga zid” qarorlaridan noroziligini bildirdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar yaqinda hamkasbi Shuhratbek Karimovni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan Andijon shahar kengashining 20-sessiyasida chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat qilgan, biroq bir necha kun o‘tgan bo‘lsa-da, hali ham natija yo‘qligini ma’lum qilgan.

    “Biz mahalliy kengash deputatining daxlsizligining qo‘pol ravishda buzilishi e’tiborsiz qolib ketayotganidan e’tirozimizni bildirmoqchimiz”, — dedi va Oliy Majlis Senatini kengash qarorini bekor qilishga chaqirdi.

    U Prezidentdan vaziyatni nazoratga olishni va mahalliy kengash deputatlarining daxlsizligini kuchaytirishni so‘radi.

    Xo‘jaobod tuman kengashi deputati Elyorbek Abduraimov Andijon shahar kengashi harakatlarini “qonunga zid” deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, bu nafaqat Andijondagi, balki butun mamlakatdagi deputatlarga aloqador.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “prokuratura qonun ustuvorligini ta’minlash uchun mas’ul organ sifatida shaharda noqonuniy harakatlarni tanqid qilgan deputatning daxlsizligini buzgan”.

    “Ko‘rinib turibdiki, qonunlarni himoya qiluvchi organlar butun respublika uchun o‘rnak bo‘lish o‘rniga, Prezident va hukumat qarorlariga qarshi chiqishmoqda. Bu deputatlarga hurmatsizlik, xalqqa hurmatsizlik. Deputatlarni xalq saylagan”, — deydi u.

    Deputat amaldorlarning xatti-harakatlari doimiy tanqid qilinishiga qaramay, ularga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmasligini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga, “oddiy vatanparvar deputat bitta qilgan e’tirozi uchun daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi”, — dedi Elyorbek Abduraimov.

    “Senat raisi mahalliy kengashlar ishlamayapti, degan ko‘plab e’tiroz qilmoqda. Agar oqibatlari shunday bo‘lsa, mahalliy kengashning qaysi deputati ishlaydi? O‘n besh kun o‘tdi, ammo Senatning sessiyaga jiddiy munosabatini ko‘rmadik”, — deydi u.

    Andijon shahar kengashi deputati Diyorbek Abdusamatovning aytishicha, sessiya kuni kengash rahbariyatiga qonun buzilganligi to‘g‘risida xabar bergan, ammo “biron-bir shaxs qonun buzilishining oldini olish choralarini ko‘rmagan”.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan sessiyadan so‘ng u Tanzila Norboyevaga murojaat qilgan. Senat raisi esa mas’ul xodimni Andijonga jo‘natgan. Lekin mas’ul xodim Diyorbek Abdusamatov bilan uchrashmagan.

    Asaka tumani kengashi deputati Sa’dulla Ergashev ham Andijon shahar kengashi sessiyasining “noqonuniy qarorini” bekor qilishni so‘radi.

    Xo‘jaobod tumani kengashi deputati Bahodir Saydaliyevning aytishicha, Andijon viloyatining barcha tuman kengashlari Shuhratbek Karimov deputatlik daxlsizligidan mahrum qilinganidan noroziligini bildirgan. Uning fikricha, sessiya “hokim va Andijon prokurori ssenariysi bo‘yicha” tashkil etilgan.

    Shahrixon tumani kengashi deputati Mansur Rahmonov deputatlarning murojaatini nazoratga olishni so‘radi.

    Eslatib o‘tamiz, 17-may kuni kengash Andijon prokurorining taklifiga binoan shaharda noqonuniy ravishda yer uchastkalari ajratilishiga va hokim Bahromjon Haydarovning qarorlariga qarshi doimiy ravishda qarshi chiqqan deputat Shuhratbek Karimovning daxlsizligidan mahrum qilgani xabar qilingandi. Xuddi shu sessiyada deputatlar tintuv qilingan va ularning telefonlari olib qo‘yilgan.

    Adliya vazirligi deputatni tintuv qilish va uning faoliyatiga to‘siq bo‘lishni noqonuniy deb atadi. Shu bilan birga, Bosh prokuratura Shuhratbek Karimov va uning qurilish kompaniyasiga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida to‘plangan materiallar uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish uchun yetarli asos bo‘lganligini ta’kidladi.

    21-may kuni shahar prokurori Qurbonali Asqarov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqdi. Bosh prokuratura hisobotida ta’kidlanishicha, ishdan bo‘shatish Andijon shahar kengashi sessiyasida bo‘lib o‘tgan voqealar bilan bog‘liq emas.

    18-may kuni Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashuvchi komissiyasi ushbu tadbirlarni o‘rganishni boshlaganligini e’lon qildi.

    “Gazeta.uz”ning Oliy Majlis yuqori palatasiga tayanib xabar qilishicha, sud-huquqiy masalalar va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shuhrat Chulliyev va senator Farhod Bakiyev boshchiligidagi qo‘shimcha ishchi guruh viloyatga jo‘nab ketgan.

    Qonunchilik palatasi deputatining fikri

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayevning fikriga ko‘ra, ushbu murojaatni Andijon deputatlarining mahalliy rahbarlarga, shu jumladan, hokimga nisbatan bildirgan norasmiy ishonchsizlik votumi sifatida qarash mumkin.

    “Ushbu holat yana bir bor deputatlarning tuman va shahar hokimlariga nisbatan ishonchizlik votumi bildira olishi nima uchun zarurligini ko‘rsatib turibdi. Demak, buni qonunlarda ham qat’iy mustahkamlab qo‘yish vaqti allaqachon kelgan. Toki hokim haqiqatda kengashga hisobdor bo‘lishi, xalq vakillariga bepisandlik qilmasligi, qonunlarni buzmasligi uchun”, — dedi parlament a’zosi.

    Uning fikriga ko‘ra, bu holat “kuchlarning bir bo‘g‘inda haddan tashqari to‘planishi” bilan bog‘liq.

    “Oqibat esa bu ayrim hokimlarning qonunsiz harakat qilib, o‘zini ‘mutlaq hukmdor” sifatida tutishigacha olib kelmoqda. Bu yomon. Bir haqiqat ravshanlashib boryapti: deputatlar o‘z ish faoliyatini xalq manfaati yo‘lida olib borishi uchun daxlsizligi va xavfsizligi amalda to‘liq ta’minlanmas ekan, fuqarolik jamiyatini qurish, degan gaplar qog‘ozda qolib ketaveradi”, — dedi Kusherbayev.

    26.05.2021, 22:41   Izoh (0)   50828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yoz mavsumigacha necha kishi cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga uchragani ma’lum qilindi

    26.05.2021, 22:10

    Samarqandda 3 gektar yaylov yerni 30 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi

    26.05.2021, 21:27

    “Andijon muzqaymoqlari” savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

    26.05.2021, 21:12

    Senatorlar Toshkent viloyatida Yer kodeksi talablari bajarilmayotganiga oid holatlarni aniqladi

    26.05.2021, 20:34

    O‘zbekistonda sotuvdan olingan Equinox modelini Qozog‘istonda sotish boshlandi

    26.05.2021, 20:10

    Samarqandda 1 gektar yerni 50 ming dollar va Nexia-3 evaziga olib bermoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi

    26.05.2021, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.