Andijonlik fuqaro “Andijon muzqaymoqlari” savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Spot Sanoat mulki muhofazasi portalidagi ma’lumotlarga tayanib. Talabnoma jismoniy shaxs tomonidan 24-may kuni berilgan bo‘lib, ayni paytda rasmiy ekspertizada.
Ushbu muzqaymoq mart oyidan buyon Toshkent va boshqa shaharlarda keng tarqalgan edi. U ko‘chalarda, odatda ko‘chma muzlatkichlarda sotiladi.
Spot suhbatlashgan bir necha andijonliklar bu kabi qutilarni 90-yillardan buyon ko‘rishganini, ammo bu mustaqil brend bo‘lishi mumkinligini xayollariga keltirmaganlarini aytgan.
Toshkentda “Andijon muzqaymoqlari” bilan savdo qiluvchi bir necha sotuvchilar yollangan xodimlar ekanliklarini ta’kidlab, muzqaymoqning tarkibi va uning ishlab chiqaruvchisini ayta olmagan.
OLX’da haqiqatan ham “Andijon muzqaymoqlari”ni sotish uchun kuniga 30 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha haq to‘lanishi aytilgan e’lonlarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, saytda ushbu muzqaymoqni keyinchalik chakana savdoga chiqarish uchun 1 kilogramm uchun 20 ming so‘mdan ulgurji narxda sotib olish takliflari joylashtirilgan.
Izoh (0)