Qrimning Qizil Gvardiya tumanida ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy litseyni portlatish tahdidi bilan post qoldirgan erkak hibsga olindi, deb yozmoqda Meduza.
Qrim huquq-tartibot organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, qonunbuzar shu yo‘l bilan maxsus xizmatlarning faoliyatini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan.
Hodisa haqida boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, Qozonda 11-may kuni 19 yoshli talaba Ilnaz Galyaviyev o‘zi avval ta’lim olgan 175-maktabga qurolli hujum uyushtirdi. U maktabga bir oy oldin qonunan sotib olgan Hatsan Escort quroli bilan kelib, qo‘lbola bombani portlatdi va o‘quvchilarga qarata o‘q uzdi. Natijada yetti nafar o‘quvchi va ikki nafar yoshi katta fuqaro halok bo‘ldi, jarohatlanganlar soni 20 dan oshdi. Shundan keyin Galyaviyev o‘z xohishi bilan politsiyaga taslim bo‘ldi. Jinoyat sodir etilishidan oldin u Telegram-kanali ochib, unda o‘zini “Xudo” deb atadi va “dunyoda tirik jonzotlar bo‘lmasligi kerak, bu borliqning xatosi” deb yozdi.
Mavzuga doir:
- Qozon maktabidagi otishmadan keyin Putin qurolga egalik qilish qoidalarini kuchaytirishni buyurdi
- Kobuldagi qizlar maktabi yaqinida sodir etilgan ketma-ket portlashlar oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning ko‘pchiligi — o‘quvchi qizlar (foto)
- Makron Parij yaqinida politsiyachining o‘ldirilishini diniy ekstremizm deb atadi
Izoh (0)