• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroilning Tel-Aviv va unga qo‘shni shaharlari G‘azo sektoridan yoppasiga hujumga uchradi, Isroil yangi zarbalar bilan javob qildi. Ikkala tomondan qurbonlar soni 40 kishiga yetdi

    HAMAS harakati Isroil markazidagi shaharlarga yirik raketa hujumini uyushtirdi. Tel-Aviv shahri va unga yaqin atrofdagi aholi punktlari o‘qqa tutildi. G‘azo sektorini boshqaradigan Falastinning HAMAS harakati raketa zarbalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. “Islomiy jihod” guruhi ham o‘t ochishga aloqadorligi haqida e’lon qildi, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    12-may kuni ertalab Isroilda qurbonlar soni besh kishiga yetdi. Xususan, raketalar uch ayolning hayotiga zomin bo‘ldi. Ulardan ikkitasi Tel-Avivdan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Ashkelon shahrida yashardi. Ular turar joylarga kelib urilgan raketalar tufayli halok bo‘lgan.The Jerusalem Post nashrining yozishicha, qurbonlardan biri keksa ayolga hamshiralik qiladigan Hindiston fuqarosi. Ikkinchi qurbon raketaning turar joy binosiga to‘g‘ridan to‘g‘ri urilishi oqibatida halok bo‘lgan. Uchinchi ayol Tel-Avivdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Rishon Le-Sion shahrida vafot etgan.

    Shuningdek, Xolon shahrida raketa bo‘sh avtobusga kelib urilgan. Ynet News xabar berishicha, portlash natijasida uch kishi, jumladan, besh yashar qizcha jabrlangan. Isroilda yaralanganlarning umumiy soni 100 kishidan oshadi.

    https://www.instagram.com/p/COviNZunK95/?utm_source=ig_embed

    10—11-may kunlari G‘azo sektoridan Isroil tomon 700 ga yaqin raketa uchirildi. Ularning 200 tasi Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan to‘xtatib qolindi, yana 150 tasi Isroil shaharlariga yetib bormasdan G‘azo sektori hududiga quladi. Otishma tufayli Ben-Gurion aeroporti yopildi, uning yonida Isroilning havo hujumiga qarshi mudofaasi Falastin raketalarini urib tushirdi.

    Isroil Falastin hududidagi 500 ta nishonga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Aviv Koxavi aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘nlab terrorchilar yo‘q qilingan. Portlatilgan nishonlar orasida Falastinning HAMAS harakati shtab-kvartiralaridan biri joylashgan G‘azo sektoridagi 13 qavatli bino ham bor. Ynet News xabariga ko‘ra, reyd boshlanishidan bir soat oldin bino va uning atrofidagi aholiga ogohlantirish berilgan.

    Falastin rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 35 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil armiyasi Falastinning HAMAS harakati harbiy razvedkasining ikki asosiy a’zosi — xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Xasan Kauji va uning o‘rinbosari Vayl Iso o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Isroil armiyasi shtabi boshlig‘i o‘t ochishni davom ettirishga va’da berdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, “HAMAS va ‘Islomiy jihod’ allaqachon qilmishiga yarasha javob olgan va olishda davom etadi. Operatsiya biroz vaqt talab etadi”.

    Shu bilan birga, tartibsizliklar sababli Isroilning Lod shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. Lod meri Yair Revivo hokimiyat shahar ustidan nazoratni butunlay yo‘qotganini aytdi. 11-may kuni kechqurun boshlangan o‘t ochishlar bilan birga yahudiy va arab aholisi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shaharga harbiy qismlarni yuborishga va’da berdi.

    Raketa hujumlari Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan Sharqiy Quddusdagi keskinlik kuchaygan bir paytda yuz bermoqda. 7-may kuni Isroil sudining qaroriga binoan Ma’bad tog‘lari yaqinidagi “Shayx Jarroh” mahallasidan arab oilalarini ko‘chirib yuborish jarayoni boshlangan edi. Buning natijasida hududda norozilik namoyishlari va to‘qnashuvlar yuzaga keldi.

    Ma’lumot uchun, Quddusning Ma’bad tog‘idagi al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi bilan yuzaga kelgan to‘qnashuvda 278 nafar falastinlik jarohatlandi.

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Isroil politsiyasining Ramazon oyida bu harakatlarini tanqid qildi va “kerak bo‘lsa, al-Aqsoni qutqarish va o‘z e’tiqodi uchun jonini ayamasligi”ni ta’kidladi.

    Mavzuga doir: Isroil tuni bilan G‘azo sektoridan 200 ta raketa uchirilganini qayd etdi

    12.05.2021, 14:56   Izoh (0)   32195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zining “xudo” ekanini anglagan va qonuniy ravishda ov miltig‘i sotib olgan “og‘ir-bosiq” talaba. Qozondagi maktabga hujum va hujumchining o‘zi haqida batafsil

    12.05.2021, 11:11

    Virusologlar Hindistonda COVID-19’dan tuzalganlarda uchrayotgan “qora zamburug‘” kasalligi xavfini baholadi

    12.05.2021, 07:48

    Rossiya TIV ruminiyalik diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishini ma’lum qildi

    12.05.2021, 06:36

    Bolgariya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylovlar o‘tkaziladigan kunni belgiladi

    11.05.2021, 23:09

    Xitoyda talonchilar o‘yinchoq to‘pponcha bilan 25,7 million dollar o‘marmoqchi bo‘ldi

    11.05.2021, 21:40

    Ozarbayjon prezidenti Qorabog‘dagi mojaro hal qilingani va bu masalaga qaytish befoydaligini aytdi

    11.05.2021, 20:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple va Google akkauntlaridan 16 mlrd parol internetga tarqaldi — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 17:54

    ​​Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sababli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:52

    Yevropa Ittifoqi muzlatilgan rus aktivlarini Ukrainaga yordam beruvchi fondga o‘tkazadi

    Dunyo | 19 iyun, 17:50

    Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 19 iyun, 17:42

    Orlando Blum “Karib dengizi qaroqchilari” filmiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 17:40

    Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:35

    Attestatsiyadagi qing‘irliklar: 200 dan ortiq nomzodlar sinovlardan chetlashtirilgan

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.