Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydoni hamda G‘alaba bog‘ida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soat 21:00 da bayram mushakbozligi uyushtirildi. “Daryo” fotomuxbiri bayram munosabati bilan tashkil etilgan mushakbozliklarda kadrlarga muhrlangan suratlarni taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 9-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan rasmiy tadbirlarda ishtirok etdi. Avval xabar berilganidek, dastlab, davlat rahbari G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
Shundan so‘ng Prezident ushbu bog‘dagi amfiteatrda tashkil etilgan tantanali tadbirda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan barcha faxriylarni, O‘zbekiston xalqini tabrikladi.
Izoh (0)