Toshkent shahri Shayxontohur tumanida avval ham o‘g‘rilik qilgani uchun sudlangan shaxs 7,5 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irladi, deya xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBga 54 yoshli O.U. murojaat qilib, 15-aprel kuni noma’lum shaxs xonadonining eshigini buzib, 7 500 000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchi — muqaddam o‘g‘rilik uchun sudlangan 28 yoshli J.M. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.
Bundan avval Andijonda tabletkalar ta’sirida aviakassadan 92 million so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingani, Buxoroda maktab o‘quvchisi o‘g‘rilikka qo‘l urgani hamda Olmazorda qariyb 36 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlatganini aytgan ayolning o‘zi bu ishni qilgani aniqlangani haqida xabar berilmoqda.
Izoh (0)