Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing aprel oyidagi eng yaxshilari nomini e’lon qildi.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Qarshi klubi Berdiyev qo‘l ostida aprel oyida uchta o‘yinda uchta g‘alaba qayd etdi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:- Piter Hyuistra (“Paxtakor”) — 2 ta o‘yin, 2 g‘alaba;
- Mikael Sekeyra (“Lokomotiv”) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
- Jasur Abduraimov (“Metallurg”) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba.
“Nasaf” yarim himoyachisi Marko Stanoyevich esa oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Serbiyalik legioner aprel oyidagi uch o‘yinda to‘rtta gol muallifiga aylandi.
Mazkur sovrin uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
- Eren Derdiyok (“Paxtakor”) — 2 o‘yin, 2 gol;
- Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 4 gol;
- Dragan Cheran (“Paxtakor”) — 2 o‘yin, 2 gol;
- Husayn Norchayev (“Nasaf”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Diyor Turopov (“Lokomotiv”) — 3 o‘yin, 2 gol.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida “Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Hyuistra va jamoa himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev oyning eng yaxshilari qatorida e’tirof etilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)