Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing mart oyidagi eng yaxshilarini nomini e’lon qildi.

Foto: PFL

Foto: PFL

“Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Hyuistra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa mart oyidagi uchta o‘yinda uchta g‘alaba qayd etdi.

Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:
  • Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) — 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
  • Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang;
  • Hamidjon Aktamov (“Qizilqum”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang;
  • Viktor Jalilov (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang.

Foto: PFL

Foto: PFL

“Paxtakor” himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev esa oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Qanot himoyachisi mart oyidagi uch o‘yinda ikkita gol muallifiga aylangandi.

Mazkur sovrin uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:

  • Sardor Rashidov (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist;
  • Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 2 gol;
  • Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) — 3 o‘yin, 2 gol;
  • Shirinboy Abdullaev (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
  • Elvin Fortes (OKMK) — 3 o‘yin, 2 gol;
  • Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”) — 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
  • Oybek Bozorov (“Nasaf”) — 3 o‘yin;
  • Aziz Turg‘unboyev (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 1 gol, 1 assist.
“Andijon” futbolchisi Doniyor Ismoilovning “Surxon” darvozasiga kiritgan to‘pi oyning eng chiroyli goli nomiga loyiq ko‘rildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi