Futbol bo‘yicha Polsha Ekstraklassasining 28-turida “Legiya” o‘z maydonida “Visla”ni qabul qildi.
Uchrashuvda jamoalar har qancha urinmasin darvozalarga to‘p kiritilmadi. Varshava klubi safida to‘p tepadigan o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev nihoyat mazkur bellashuvda yangi jamoasidagi debyutini o‘tkazdi. U 79-daqiqada portugaliyalik hujumchi Rafael Lopesning o‘rniga maydonga tushirildi. Jasur 2021-yilning fevral oyida “Legiya” bilan 2023-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagandi.
Avvalroq “Legiya”ning 27-turdan keyin mamlakat chempioniga aylangani haqida xabar berilgandi.
Polsha Ekstraklassasi
28-tur bahsi
1-may, shanba
“Legiya” — “Visla” 0:0.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)