Professional futbol Ligasi (PFL) aprel oyi yakunlari bo‘yicha Superliganing eng yaxshilarini aniqlash uchun so‘rovnomani boshladi.
Aprel oyida musobaqaning uchta tur o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur tur o‘yinlari bo‘yicha oyning eng yaxshilari nomiga da’vogarlar aniqlab olindi.
Superligada aprel oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar:- Piter Hyuistra (“Paxtakor”) — 2 ta o‘yin, 2 g‘alaba;
- Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) — 3 ta o‘yin, 3 g‘alaba;
- Mikael Sekeyra (“Lokomotiv”) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
- Jasur Abduraimov (“Metallurg”) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba.
Aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar:
- Eren Derdiyok (“Paxtakor”) — 2 o‘yin, 2 gol;
- Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 4 gol;
- Dragan Cheran (“Paxtakor”) — 2 o‘yin, 2 gol;
- Marko Stanoyevich (“Nasaf”) — 3 o‘yin, 4 gol;
- Husayn Norchayev (“Nasaf”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Diyor Turopov (“Lokomotiv”) — 3 o‘yin, 2 gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)