Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Manchester Siti” 1-may, shanba kuni “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida “shaharliklar” ikkita tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 57-daqiqada Serxio Aguero hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Ferran Torres o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 80 taga yetkazib olgan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa bitta zaxira o‘yiniga ega “Manchester Yunayted”ni 13 ochkoga ortda qoldirmoqda. Agar “qizil iblislar” bu turda “Liverpul”ga yutqazadigan bo‘lsa, u holda “Siti” muddatidan avval chempionga aylanadi.
APL
34-tur bahsi
1-may, shanba
“Kristal Pelas” — “Manchester Siti” 0:2
Gollar: 0:1 – 57 Aguero, 0:2 – 59 Ferran Torres.“Kristal Pelas”: Guaita, Uord, Mitchell, Denn, Ridevald (Shlupp, 59), Milivoyevich, Kuyate, Taunsend (Ayyu, 82), Eze, Zaha, Benteke (Mateta, 67).
“Manchester Siti”: Ederson, Mendi, Joau Kanselu, Lyaport, Ake, Rodri, Fernandinyo (Zinchenko, 67), Sterling, Ferran Torres, Gabriel Jezus, Aguero.
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (49), Kuyate (81).
Izoh (0)