“Chelsi” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki bahs doirasida kechgan 27-aprel kungi uchrashuvda “Real” bilan durang o‘ynadi (1:1).
Londonliklar Tomas Tuxel qo‘l ostida top-murabbiylarga qarshi bahslardagi mag‘lubiyatsiz seriyani 7 ta o‘yinga yetkazdi.
“Chelsi” Premyer Ligada Joze Mourinyoning “Tottenhem”ini (1:0), Yurgen Kloppning “Liverpul”ini (1:0), Karlo Anchelottining “Everton”ini (2:0), Angliya Kubogi yarim finalida esa Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”sini (1:0) mag‘lub etgandi.
Chempionlar Ligasi 1/8 finalida esa “Chelsi” Diyego Simeone qo‘l ostidagi “Atletiko”ni ikki o‘yinda ham (1:0, 2:0) taslim etgan bo‘lsa, yarim finalning dastlabki bahsida Zinedin Zidan jamoasi bilan durang o‘ynadi.
Qayd etish joiz, Tuxel Zidan Chempionlar Ligasida mag‘lub eta olmagan uch murabbiydan biri hisoblanadi. Bu o‘yinga qadar ular YChLda 4 bor to‘qnash kelgan, ulardan birida Tuxel g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan uchtasi durang bilan yakun topgandi.
Tuxel “Chelsi”ni yanvar oyining oxirida qabul qilib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)