• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Zidan faoliyatidagi eng noqulay raqib — Tuxelga qarshi. Hammasi “Real” — “Chelsi” uchrashuvi haqida

    Yevropa Chempionlar Ligasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga chiqdi. Poygada faqat to‘rt jamoa qoldi. Ulardan ikkisi bugun o‘zaro to‘qnash keladi — Madridda haqiqiy titanlar jangi bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Futbol olamida inqilob qilishga urinish barbod bo‘ldi, Superliga loyihasi bir necha kun ichida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Florentino Peres taslim bo‘lmayapti va Superligani tashkil qilish g‘oyasidan kechmayapti, bu orqali u UEFAning asosiy dushmaniga aylandi. Biroq madridliklarni Chempionlar Ligasidan chetlatish haqidagi gaplar hozircha faqat gapligicha qolmoqda. Bu shuni anglatadiki, Yevropaning eng nufuzli musobaqasidagi “Real” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv avvaldan belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tadi.

    Murabbiylar to‘qnashuvi

    Zinedin Zidan va Tomas Tuxel qarama-qarshiligi muxlislar orasida u qadar mashhur emas. Biroq ular bunga qadar o‘zaro to‘rt bor to‘qnash kelishga ulgurgan va ularda Tuxel fransiyalik hamkasbiga yutqazmagan. Tuxel qo‘l ostidagi “Borussiya” 2016-yilda YChL guruh bosqichida “Real” bilan ikki bor 2:2 hisobini qayd etgan. 2019-yilda esa “PSJ” boshqaruvida 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba va 2:2 hisobidagi durangni qayd etgan. To‘rt o‘yinda 15 ta gol (bir o‘yinda o‘rtacha 3,75) qiziqarli kurashni kafolatlaydi.

    Qayd etish joiz, “Chelsi” Tuxel qo‘l ostidagi birorta safar o‘yinida hali yutqazmadi. Shuningdek, Tuxel Zidan Chempionlar Ligasida mag‘lub etolmagan uch murabbiydan biri hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real”

    B guruhi avvaldanoq “o‘lim guruhi” deb atalgandi. “Real” bu guruhni birinchi o‘rinda yakunladi. Ammo bu ishni juda qiyinchilik bilan uddaladi. Guruhda qolib ketish xavfi so‘nggi turga qadar saqlanib qoldi, yakunda 10 ochko “Borussiya M”, “Shaxtyor” va “Inter”ni ortda qoldirishga yetarli bo‘ldi. 1/8 finalda Madrid jamoasi “Atalanta”ni qiyinchiliksiz taslim etdi (1:0, 3:1), chorak finalda esa “Liverpul” (3:1, 0:0) dog‘da qoldirildi.

    Eden Azar aynan sobiq jamoasiga qarshi o‘yin arafasida safga qaytdi. Deyarli ikki yil avval Eden Azar “Chelsi”ni jahonning eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida tark etgandi. Biroq belgiyalik futbolchining Ispaniyadagi ishlari yurishmadi. Salkam ikki mavsum davomida Eden 358 kunni jarohat bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldi. U narx va daraja borasida “Real” tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz transfer sifatida e’tirof etilmoqda.

    Azarning so‘nggi jarohatini tiklashga 38 kun vaqt ketdi, nihoyat Eden “Betis”ga qarshi kechgan shanba kungi o‘yinda maydonga tushdi va 14 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt ichida Azar samarali harakatlarni amalga oshira olmagan bo‘lsa-da, muhim o‘yin oldidan o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Balki belgiyalik iqtidor egasi ushbu qarama-qarshilikdan keyin sobiq jamoasida qolib ketgan jangovarlik ruhining bir bo‘lagini qaytarib olar...

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Almashtirib bo‘lmas yarim himoya triosi. Toni Kroos, Kazemiro va Luka Modrichni muammolarga ko‘milib yotgan “Real”ni ushlab turgan tayanchlarga qiyoslasa bo‘ladi. Ushbu trio nafaqat yorqin o‘yini bilan, balki o‘rinbosarlar yo‘qligi uchun ham ushbu uchrashuvda maydonga tushishi deyarli aniq. “Real”ning o‘yin uchun qaydnomasiga nazar tashlansa, bu uch futbolchidan boshqa Isko, Arribas va Blanko nomlarini uchratish mumkin. Biroq shuni unutmaslik lozim, Kroos kichik jarohat sabab madridliklarning so‘nggi uch o‘yinini o‘tkazib yuborib, endigina safga qaytdi. Biroq Marca xabariga ko‘ra, bu o‘yinda ishtirok etish uchun germaniyalik futbolchiga hech narsa xalal bermaydi.

    Bunday sharoitda Federiko Valverdening qo‘shimcha kuch sifatida bo‘lishi ayni muddao bo‘lardi, biroq urugvaylik futbolchi koronavirusga chalinib qolgani bois ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Lukas Vaskes, Ferlan Mendi va Serxio Ramos ham “Real”ga yordam bera olmaydi.

    “Chelsi”

    Londonliklar “Sevilya”, “Renn”, “Krasnodar” bilan bir guruhdan joy oldi va osonlikcha pley-off masalasini hal qildi. Nimchorak finalda “Chelsi” “Atletiko”ga ikkita o‘yinda javobsiz uchta gol holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qur’a “ko‘klar”ga yana omadli keldi va yarim final yo‘lida “Portu” taslim etildi.

    Hujumchilarga boy klub aynan oldingi chiziqda muammo sezmoqda. Tomas Tuxel jamoasi avvaliga ajoyib pragmatik o‘yinlari bilan natijalar qayd etdi. Biroq so‘nggi o‘yinlarda bu pragmatizm kichik inqirozga olib keldi. “Aston Villa”ga urilgan to‘rtta goldan keyin barchasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid tug‘ilgandi, biroq “Chelsi” shundan keyingi to‘rtta o‘yinda bor-yo‘g‘i ikkita gol urdi. Jamoaning “Brayton”ga qarshi o‘yindagi “xG” (kutilgan gollar) ko‘rsatkichi 0,81 ni tashkil etgan bo‘lsa, “Vest Hem” bilan o‘yinda 2,52 ni ko‘rsatdi. Bu o‘yinlarda London klubi bor-yo‘g‘i bitta gol urdi. Biroq alohida ta’kidlash joiz, golga Timo Verner mualliflik qildi. Germaniyalik iqtidor egasining APL va “Chelsi”ga moslashish jarayoni qiynalayotgani va uzoq davom etgan quruq seriyasi — bu endi alohida mavzu.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Meyson Maunt Tuxel davrida ham asosiy o‘yinchi bo‘lib qolmoqda. Frenk Lempard “ko‘klar”ni tark etganidan keyin muxlislarni xavotirga solayotgan sanoqli jihatlar biri Mauntning kelajagi edi. Sababi “Chelsi” tarbiyalanuvchisi “Derbi Kaunti”da ijarada yurgan vaqtdayoq Lempard qo‘l ostida yorqin o‘yin namoyish qilgandi. Mutaxassis Londonga kelgandan keyin ham Maunt asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Tomas Tuxelning kelishi futbolchining jamoadagi holatiga salbiy ta’sir o‘tkazmadi: Meyson hamon asosiy tarkibning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. U hali “Chelsi”ning “yuragi” bo‘lishga ulgurmadi, ammo bu temp bilan yaqin orada bu darajaga yetishiga shubha yo‘q.

    Ehtimoliy tarkiblar:

    “Real”: Tibo Kurtua, Dani Karvaxal, Eder Militao, Rafael Varan, Nacho, Kazemiro, Luka Modrich, Toni Kroos, Marko Asensio, Vinisius Junior, Karim Benzema.

    “Chelsi”: Eduard Mendi, Sesar Aspilikueta, Tiago Silva, Antonio Ryudiger, Ris Jeyms, Ben Chiluell, Ngolo Kante, Kristian Pulishich, Meyson Maunt, Kay Haverts.

    Murabbiylar nima deydi?

    Biz La Liga va YChLdan birini tanlamaymiz. Oldimizda ko‘plab o‘yinlar bor va oxirigacha kurashamiz. Bu mavsumdagi eng qiyin o‘yin bo‘ladi, biz unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. “Real” va “Chelsi” yarim finalda o‘ynashga haqli.

    Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

    “Real” — so‘nggi 10 yillikda Chempionlar Ligasining asosiy jamoasi. Bu biz uchun o‘ziga xos o‘yin. Biz o‘zimizga bo‘lgan ishonch bilan maydonga tushamiz va bu darajada kurashishga tayyormiz.

    Tomas Tuxel, “Chelsi” bosh murabbiyi

    Uchrashuv 27-apreldan 28-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    27.04.2021, 20:14   Izoh (0)   22415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasidan so‘ng UFC’ga o‘tishi mumkin

    27.04.2021, 16:34

    Rasman: 33 yoshli Yulian Nagelsmann yozda “Bavariya” bosh murabbiyiga aylanadi

    27.04.2021, 14:38

    UEFA Zlatan Ibrahimovichning bukmekerlik faoliyatiga aloqadorligi bo‘yicha surishtiruvni boshladi

    27.04.2021, 13:15

    Xosep Gvardiola sovrinlari soni bo‘yicha Lobanovskiyni ortda qoldirdi. Faqat 2 murabbiy undan oldinda bormoqda

    27.04.2021, 12:02

    “Bavariya”da Hans Flikning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

    27.04.2021, 11:00

    OChL. Otabek Shukurov jamoasi irodali g‘alaba qayd etib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi

    27.04.2021, 06:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.