Daryo

Chempionlar Ligasi. “Real” o‘z maydonida “Chelsi”ni yuta olmadi

“Real” va “Chelsi” jamoalari Chempionlar Ligasi yarim finalida o‘zaro to‘qnash keldi

1 daqiqa o‘qish89 456 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final dastlabki bahsidan o‘rin olgan o‘yinda “Real” va “Chelsi” 27-aprel, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Madridda kechgan bahsning birinchi bo‘limida jamoalar bittadan gol urdi. 14-daqiqada Kristian Pulishich “Real” himoyachilarining bir-birini tushunmay qolganidan foydalanib, hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqaga kelib, Karim Benzema o‘zining qoyilmaqom zarbasi bilan muvozanatni tikladi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda esa jamoalar har qancha urinmasin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Shu tariqa Madridda kechgan bahsda jamoalar murosa yo‘lini tanladi.

Jamoalar o‘rtasida kechadigan javob o‘yini 5-may sanasiga belgilangan.

YChL

1/2 final, dastlabki bahs

27-aprel, seshanba

“Real Madrid” Ispaniya – “Chelsi” Angliya 1:1

Gollar: 0:1 – 14 Pulishich, 1:1 – 29 Benzema.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 77), Militao, Nacho, Marselo (Asensio, 77), Kazemiro, Kroos, Vinisius Junior (Azar, 66), Modrich, Varan, Benzema (Rodrigo, 90).

“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta (Jeyms, 67), Ryudiger, Tiago Silva, Chiluell, Maunt, Kante, Pulishich (Ziyesh, 66), Jorjinyo, Kristensen, Verner (Haverts, 66).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (27), Pulishich (38), Kroos (60), Marselo (65), Varan (78), Odriosola (89).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar