Toshkent shahar Sergeli tumanida Isuzu va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 26-aprel kuni soat 07:00 larda Toshkent shahar, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasida haydovchi, 1970-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, 1980-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Bundan avval Buxoroda Laсetti haydovchisining uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘lgani, Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit boshqaruvidagi Nexia yuk avtomobiliga urilgani hamda Surxondaryoda Nexia-2 beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchining otasi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)