Daryo

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit boshqaruvidagi Nexia yuk avtomobiliga urildi

YTH oqibatida 2 kishi shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish36 542 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkentda 17 yoshli yigit boshqaruvidagi Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 2021-yilning 22-aprel kuni soat 21:00 larda Toshkent shahar Sergeli tumani TXAY ko‘chasida 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. (haydovchilik guvohnomasi olmagan) Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda Howo yuk mashinasi ag‘darilib, yonib ketgani, Namanganda Damas urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etgani hamda Yunusobodda 82-avtobus va Nexia-3 to‘qnashgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar