• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat o‘simlik yog‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi

    Oliy Majlis Senati 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan 14-yalpi majlisida Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishni nazarda tutadi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i iste’moli hajmi yiliga 460 ming tonnani tashkil etishi, uning yarmi import hisobiga qoplanishini ma’lum qildi.

    U jahon bozorida o‘simlik yog‘i narxi yil davomida 86 foizga, yil boshidan buyon esa 21 foizga qimmatlashganini ta’kidladi.

    Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga (vaqtinchalik soliq imtiyozlari) o‘zgartish kiritilmoqda.

    Jumladan, 2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:

    • o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagi importi;
    • o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi QQSdan ozod qilinmoqda.
    Bundan tashqari:
    • kungaboqar va paxta urug‘iga — bojxona qiymatining 30 foizi, biroq 1 kilogramm uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;
    • kungaboqar yog‘iga — 20 foiz, biroq 1 kilogramm uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;
    • paxta yog‘iga — 50 foiz, biroq 1 kilogramm uchun 0,5 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda eksport boji joriy etilmoqda.
    Dastlab Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida import qilingan kungaboqar urug‘larini qayta ishlash natijasida olingan o‘simlik yog‘i va paxta yog‘iga eksport boji o‘rniga eksportni 50 foizgacha qisqartirish taklif qilingan edi.

    Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov o‘simlik yog‘i QQSdan ozod qilinishi natijasida budjetga 267 milliard so‘mlik tushum tushmasligini ma’lum qildi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini yaxshilash va qo‘shimcha manbalar qidirish hisobiga QQSdan soliqlar tushumi 200 milliard so‘mga oshiriladi.

    2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston 73 nomdagi tovar importiga aksiz soliqlarini bekor qilgan edi. Bularga oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar — sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shu kabi go‘sht mahsulotlari), elektrotexnika (35 turdagi mahsulotlar — muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari) va boshqalar kiradi.

    Moliya vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ushbu ikki manba hisobiga o‘simlik yog‘i importiga QQS bekor qilinishi sababli budjetga tushmaydigan mablag‘lar o‘rni qoplanadi.

    Qonun kuchga kirishi uchun u Prezident tomonidan imzolanishi lozim.

    Bundan avval Markaziy bank o‘zbekistonliklarni ayrim asosiy oziq-ovqat narxlari keskin oshishidan ogohlantirgani, Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekani aniqlangani hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarining oshishiga izoh bergani haqida xabar berilgandi.

    24.04.2021, 18:11   Izoh (0)   29816
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importini QQSdan ozod qilish va uning eksportini cheklash taklif qilindi

    24.04.2021, 17:38

    Samarqandda 40 yoshli erkak bilan gaplashib, bu haqda uning oila a’zolariga aytmaslik uchun 1500 dollar so‘ragan 16 yoshli qiz ushlandi

    24.04.2021, 16:16

    “Telefonga kelgan bir martalik kodlarni hech qanday shaxslarga aytmang”. O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

    24.04.2021, 15:36

    Buxoroda fermer xo‘jaliklariga ajratilgan salkam 150 mln so‘mlik dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    24.04.2021, 15:15

    O‘zbekistonda ishsiz fuqarolar qancha ekani aytildi

    24.04.2021, 13:13

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    24.04.2021, 12:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.