Farg‘ona viloyatidagi 4 ta umumta’lim maktabida o‘quvchilar orasida koronavirusga chalinish holati aniqlangani sabab ta’lim dargohida masofaviy o‘qish tizimiga o‘tildi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Farg‘ona shahridagi 7, 15, 21, 22, 24, 37-maktablar, chet tillariga ixtisoslashgan maktab-internat, viloyat ko‘zi ojiz bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Quvasoy shahridagi 1-maktab va Oltiariq tumanidagi 41-maktabda 1 nafardan o‘quvchida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Qayd etilishicha, kasallikning o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida tarqalishining oldini olish maqsadida Farg‘ona shahridagi 7, 37–maktablar, chet tillariga ixtisoslashgan maktab-internat, viloyat ko‘zi ojiz bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazilgan.Farg‘ona shahridagi 15, 21, 22, 24-maktablar, Quvasoy shahridagi 1-maktab va Oltiariq tumanidagi 41-maktablarda esa faqat koronavirus infeksiyasi aniqlangan sinflar karantinga olingan.
O‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilgan har bir maktabda 14 kundan so‘ng o‘qituvchi va o‘quvchilardan olinadigan test natijalariga qarab an’anaviy o‘qish boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga doir:
- Samarqanddagi 31 ta maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilarida koronavirus aniqlandi. Maktablardagi o‘quv jarayoni onlayn shaklga o‘tkazildi
- Buxoro viloyatidagi 11 ta maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarda koronavirus aniqlangani sabab karantinga yopildi
- Samarqanddagi 4 ta MTT tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilarida koronavirus kasalligi aniqlandi
Izoh (0)