• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘zaning mohiyati nima va kimlar ro‘za tutmasa ham bo‘ladi?

    “Daryo” internet-nashri va O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali o‘zaro hamkorlikda muborak oyga bag‘ishlangan “Oylar sultoni — Ramazon” loyihasini taqdim etadi.

    Loyiha doirasida taniqli ulamolar va diniy soha xodimlari mohi Ramazon fazilati to‘g‘risidagi oyati karimalar, hadisi shariflar sharhi hamda ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beradi.

    Ilk suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi bosh mutaxassisi Hikmatulloh domla Toshtemirov bilan Ramazon oyi fazilati, ro‘zaning mohiyati va uning hukmlari haqida bo‘ldi.

    Hikmatulloh domla Toshtemirov.

    Hikmatulloh domla Toshtemirov.
    Foto: “Muslim.uz”

    Ro‘zaning mohiyati nima?

    Ro‘za niyat qilib, tong otgandan quyosh botguncha yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyilishdir. Qur’oni karimda: “Shuningdek, tonggacha, ya’ni oq ipning qora ipdan (tongning tundan) ajraladigan vaqtigacha yeb-ichaveringiz. So‘ngra, ro‘zani kechgacha (quyosh botguncha) mukammal tutingiz!...”, deb buyuriladi (Baqara surasi, 187-oyat). Niyat sababli esa odat bo‘lib qolgan ishlar ibodatlardan ajraladi. Niyat qilmasdan och qolish ro‘za bo‘lmaydi (“Muxtasar”, “Fathu bobil inoya” kitoblari).

    Ramazon ro‘zasining hukmi nima?

    Har bir aqlli, balog‘atga yetgan musulmon uchun Ramazon ro‘zasini tutish — farzi ayndir. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz”, deydi (Baqara surasi, 183-oyat).

    Boshqa oyatda esa: “Bas, sizlardan kim bu oyda (o‘z yashash joyida) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin”, deb buyuradi (Baqara surasi, 185-oyat).

    Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Islom besh narsa ustiga qurilgan: Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik berish, namozni qoim qilish, zakotni berish, baytni haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish”, deganlar. (Muttafaqun alayh, Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan). Boshqa hadisda esa: “Ramazon oyingizda ro‘za tutinglar”, deb buyurganlar (Imom Termiziy Abu Umomadan rivoyat qilgan).

    Ro‘zaning farzligiga ijmo-ulamolar ittifoqi bor, bunga hech kim xilof qilmagan. Shuning uchun ro‘zaning farzligini inkor qilish kufr, imkoni bo‘la turib, ro‘za tutmaslik fosiqlik bo‘ladi (“Hidoya”, “Ixtiyor”, “Fathu bobil inoya” kitoblari).

    Ro‘zaning ajri qanday?

    Ramazon ro‘zasi farz bo‘lgani sababli uni tutgan kishi katta savobga ega bo‘ladi va Alloh taoloning roziligini topadi. Zero, eng katta savoblar farz ibodatlariga beriladi. Nafl ibodatlari esa farzlarni mukammal qiluvchidir.

    Ramazon ro‘zasining fazilati haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kim Ramazon ro‘zasini imon va savob umidida tutsa, o‘tgan gunohlari kechiriladi” (Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).

    Yana bir hadisi sharifda: “Besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha, Ramazon (ro‘zasi) keyingi Ramazongacha, katta gunohlardan chetlanilsa, orasidagi gunohlarni o‘chiruvchidir” (Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).

    Kimlarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan?

    Kasal yoki musofir kishilar, homilador yoki emizikli ayollar, ro‘za tuta olmaydigan qariyalarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan. Qur’oni karimda: “Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir...”, deyilgan (Baqara surasi, 184-oyat).

    Ro‘za tutsa, kasalligi ziyoda bo‘lishidan qo‘rqqan bemor, ro‘za tutmaydi. Safardagi kishiga ro‘zasi zarar qilmasa, ro‘za tutgani afzal. Lekin ro‘za tutmasa ham uzrli hisoblanadi, gunohkor bo‘lmaydi.

    O‘zi yoki bola (homila)siga zarar yetishidan qo‘rqqan emizikli yoki homilador ayol ham ro‘za tutmaydi. Ro‘za o‘ziga yoki bolasiga zarar qilmaydigan emizikli va homilador ayollar, albatta, ro‘zani qoldirmay tutadi. Yuqorida sanalgan uzrli kishilarning barchasi Ramazondan keyin imkon bo‘lishi bilan qolib ketgan kunlarning ro‘zasini tutib beradi.

    Ro‘za tuta olmaydigan qariyalar fidya, ya’ni Ramazonning har kuniga bir miskinga bir kunlik taom yoki uning qiymatini beradi. Ro‘za tuta oladigan qariyalar odatdagidek ro‘za tutaveradi.

    Hayz va nifos ko‘rgan ayollar ham uzrli kunlarida ro‘za tutmaydi. Pok bo‘lishlari bilan ro‘zani tuta boshlaydi. Qolib ketgan kunlarni Ramazondan keyin tutishadi (“Hidoya”, “Ixtiyor”, “Fathu bobil inoya” kitoblari).

    Ro‘zaning rukn (farz)lari nimalar?

    Ro‘zaning rukni — ro‘zani buzuvchi narsalar (yeyish, ichish va jinsiy aloqa)dan saqlanishdir. Bu tong otgandan quyosh botguncha davom etadi. Ulamolar bunga ittifoq qilganlar. Qur’oni karimda: “Shuningdek, tonggacha, ya’ni oq ipning qora ipdan (tongning tundan) ajraladigan vaqtigacha yeb-ichaveringiz. So‘ngra, ro‘zani kechgacha (quyosh botguncha) mukammal tutingiz!..”, deb buyuriladi (Baqara surasi 187-oyat). Ro‘zada niyat ham shart. (“Mavsu’atul fiqhiya”).

    Ro‘zani nima buzadi?

    Ro‘zani quyidagi narsalar buzadi: qasddan taom yeyish, suv yoki dori ichish; qasddan jinsiy aloqa qilish. Bu holatlarda ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi. Ramazon ro‘zasidan boshqa ro‘zalarda kafforat yo‘q.

    Mazkur ishlarni unutib qilgan kishining ro‘zasi buzilmaydi, balki ro‘zadorligi yodiga tushishi bilan yeb-ichish yoki jinsiy aloqadan to‘xtab, ro‘zasini davom ettiradi.

    Vallohu a’lam.

    Ma’lumot uchun: Sizda shar’iy masalalarda savollar bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi @diniysavollar kanaliga, “savollar.muslim.uz” saytiga yoki fatvo bo‘limining 78-150-33-44 raqamli koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

    24.04.2021, 03:55   Izoh (0)   46542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi

    24.04.2021, 00:54

    Sovqotgan birinchi xonim, Olimpiadaga ketayotgan ulkan qo‘g‘irchoq, buzoqchani oziqlantirayotgan bosh vazir. 23-aprel suratlari

    23.04.2021, 23:58

    O‘zbekistonda 2020-yilda voyaga yetmaganlarning 500 nafardan ortig‘i o‘z joniga qasd qilgan

    23.04.2021, 23:27

    O‘zbekiston Markaziy banki narxlar ko‘tarilgach oltin eksportini davom ettiradi

    23.04.2021, 22:57

    Tanzila Norboyeva: “420 mln so‘mga qurilgani aytilgan maktab bo‘m-bo‘sh yer bo‘lib chiqdi”

    23.04.2021, 22:41

    Shavkat Mirziyoyev Yashnoboddagi “Parvoz” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi

    23.04.2021, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.