O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Hasan Normurodov vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Hasan Normurodov uzoq yillar xalq ta’limi tizimida ishlagan. Keyinchalik “Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan. So‘nggi kunlarda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
82 yoshli Hasan Normurodov 2019-yilda Prezident farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan Hasan Normurodovni yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev borib ko‘rgandi.
Izoh (0)