• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Texnoparkda ishga tushirilgan yangi korxonalarni borib ko‘rdi

    O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi Texnoparkda ishga tushirilgan yangi korxonalarni borib ko‘rdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bu yerda umumiy qiymati 365 million dollardan ziyod bo‘lgan 17 ta loyiha joylashtirilgan bo‘lib, shundan 6 tasi 2020-yili foydalanishga topshirilgan edi. Bu yil boshida yana 4 ta korxonada qurilish-montaj ishlari bitkazildi. Ayni kunlarda sinov rejimida mahsulot tayyorlanmoqda.

    Prezident ushbu korxonalarda o‘rnatilgan texnologiyalar, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bu korxonalarning, albatta, iqtisodiy ahamiyati katta. Lekin meni ko‘proq quvontiradigani — yoshlarimizning malakasi, ishonchi. Hozirgi yoshlar o‘qigan paytlarda bunaqa stanoklar yo‘q edi. Shu ishlarni 15 yil oldin boshlaganimizda, bolalarimizning bilimi, saviyasi bugun umuman boshqacha bo‘lardi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Furnitura va aksessuarlar loyihasining qiymati 20 million dollar. Buning evaziga bino mukammal ta’mirlanib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 450 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona eshik va romlar uchun yiliga 6 million dona furnitura va aksessuar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu 10 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish, 3 million dollarlik eksport imkoniyatini beradi.

    Yana bir korxonada 5 xil modifikatsiyadagi panelli isitish radiatorlari ishlab chiqariladi. Uning qiymati 19 million dollardan ziyod, quvvati yiliga 640 ming dona. Yevropa texnologiyasi asosida tayyorlanadigan bunday radiatorlarga ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham talab bor. Shundan kelib chiqib, 6 million dollarlik import o‘rnini bosish, 8 million dollarlikdan ko‘proq eksport qilish mo‘ljallangan. 250 kishi ish bilan ta’minlangan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Alyumin kompozit panellar korxonasi ham iqtisodiy samarador. Unda tayyorlanadigan 432 ming dona mahsulot 10 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish, 3 million dollarlik eksportni ta’minlash imkonini beradi. Buning uchun 2 million dollar evaziga Xitoy texnologiyasi o‘rnatilgan. 80 ta ish o‘rni yaratilgan.

    Metall konstruksiyalar ishlab chiqarish loyihasining qiymati 29 million dollar. Shunga yarasha, import o‘rnini bosish darajasi ham nisbatan yuqori – 16 million dollar. Shuningdek, 1,5 million dollarlik eksport ham rejalashtirilgan. Korxonaga Italiya texnologiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, 3 xil sendvich panellar hamda 2 turdagi qora va yengil metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Bu yerda 350 kishi ishlaydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yangi ishga tushayotgan korxonalarda mahalliylashtirish darajasi 35-40 foizni tashkil etadi.

    Texnoparkda barcha loyihalar ishga tushgandan keyin 2021-yil yakunida 5 trillion 700 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, 105 million dollarlik eksport qilinadi. 7 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davlat rahbari shu bilangina cheklanmasdan, yangi loyihalar ishlab chiqish, qo‘shilgan qiymat yaratadigan mahsulotlarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev qator davlat elchilari va tashkilot vakillarining ishonch yorliqlarini qabul qilgani, Tojikiston favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiyni qabul qilgani hamda elektr tarmoqlari korxonasining innovatsion markazini borib ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

    23.04.2021, 21:08   Izoh (0)   22307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda rashk sabab bir erkak va ayol pichoqlandi

    23.04.2021, 20:57

    O‘zJOKUda darslar o‘quv yili oxirigacha onlayn shaklda davom ettiriladi

    23.04.2021, 20:09

    Shavkat Mirziyoyev elektr tarmoqlari korxonasining innovatsion markazini borib ko‘rdi

    23.04.2021, 19:46

    Shavkat Mirziyoyev Tojikiston favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiyni qabul qildi

    23.04.2021, 19:10

    Toshkentda radioaktiv material sotmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olindi

    23.04.2021, 18:09

    Shavkat Mirziyoyev qator davlat elchilari va tashkilot vakillarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

    23.04.2021, 17:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20

    Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 14:53

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.