• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev qator davlat elchilari va tashkilot vakillarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

    Xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladesh elchisi Muhammad Jahongir A’lam, Chexiya elchisi Vatslav Yilek, Misr elchisi Amira Fahmiy, Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddod, Turkiya elchisi Olgan Bekar, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian va Rossiya elchisi Oleg Malginovdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbir avvalida davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni mamlakatdagi diplomatik missiyasi boshlangani bilan samimiy tabrikladi.

    O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar va xalqaro tuzilmalar bilan konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratayotgani ta’kidlandi.

    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar, yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan strategik dastur va loyihalarning ustuvor yo‘nalishlari alohida qayd etildi.

    Bu borada pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, aholining barcha qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini oshirish, uzoq muddatli o‘sishning yangi nuqtalarini shakllantirish va mamlakatning global raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari diqqat markazida turibdi.

    Tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va jahonning yetakchi davlatlari bilan strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

    Bugun birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan savdo, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va “yashil iqtisodiyot”, transport, tranzit va logistika, moliya, tibbiyot va ko‘plab boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib bormoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, ShHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirib, ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirmoqda, global moliyaviy institutlar bilan sheriklikni kengaytirmoqda.

    Davlat rahbari yangi elchilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Bangladesh Janubiy Osiyodagi muhim hamkor hisoblanadi, do‘st xalqlarni ma’naviy va madaniy qadriyatlar, muqaddas din azaldan bog‘lab keladi.

    Ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi kooperatsiyani kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi. Ikkala mamlakat o‘zaro savdo va sayyohlar oqimini tubdan ko‘paytirish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda aloqalarni jadallashtirish hamda qo‘shma Hukumatlararo komissiya salohiyatini to‘liq ishga solish zarur.

    Ta’kidlanishicha, Chexiya O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli va istiqbolli sherigidir.

    O‘zbekiston Prezidenti keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar jadal sur’atda rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Pandemiyaga qaramay, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash o‘tgan yili uch barobar ko‘payib, 500 million dollardan oshdi.

    Yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, energetika, tibbiyot, ta’lim va turizm kabi sohalarda qo‘shma loyihalar portfelini shakllantirish asosiy vazifa etib belgilandi. Bu bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning sermazmun kun tartibini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Misr elchisiga murojaat qilar ekan, O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

    Bunga Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisi 2018-yil sentabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tarixiy tashrifining samarali natijalari xizmat qildi.

    Hamkorlik bo‘yicha ishga solinmagan ulkan salohiyatdan samarali foydalanish, jumladan, hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish taklif qilindi.

    Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, savdo, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Ma’rifatli islom g‘oyalari va qadriyatlarini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

    Davlat rahbari O‘zbekistonning yaqin va ishonchli hamkori – Iordaniya bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.

    Sheriklikni faollashtirish uchun zarur huquqiy asoslarni shakllantirish, savdo, kooperatsiya va ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini tayyorlash muhimdir.

    Bundan tashqari, BMT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqot va o‘zaro ko‘mak davom ettiriladi.

    O‘zbekiston Prezidenti oliy darajada o‘tkazilayotgan muntazam va samarali muloqotlar tufayli Turkiya bilan strategik sheriklik munosabatlarida erishilgan bugungi darajani yuqori baholadi.

    Bugun ishonchga asoslangan siyosiy muloqot qaror topdi. Pandemiyaga qaramasdan, delegatsiyalar bilan almashinuv faol davom etmoqda. Xususan, keyingi oylarda Turkiya tashqi ishlar va savdo vazirlari boshchiligidagi delegatsiyalar tashrif bilan mamlakatda bo‘ldi.

    Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida yirik savdo, investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo muloqotlar yo‘lga qo‘yildi, ta’lim, madaniyat va kino sohalarida qo‘shma dastur va tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

    Bo‘lajak sammitlarga – Turkiy kengashning Istanbuldagi navbatdagi yig‘ilishi va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Yevropa Ittifoqi an’anaviy ravishda mamlakatning muhim strategik sherigi bo‘lib harakat qilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Keyingi yillarda O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik yangi sur’at kasb etdi.

    Yevropalik hamkorlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar, iqtisodiy islohotlar va transformatsiya jarayonlariga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak alohida qayd etildi. O‘zbekistonga YI Preferensiyalar bosh tizimining benefitsiari maqomi berilgani birgalikda erishilgan muvaffaqiyat va ikki tomonlama munosabatlarning muhim yutug‘i sifatida e’tirof etildi.

    Bugungi kunda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan faol muzokaralar davom etmoqda. “O‘zbekiston – Yevroittifoq” va “Markaziy Osiyo – Yevroittifoq” formatlarida samarali muloqot ham rivojlanmoqda.

    Oliy darajada o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar ko‘p qirrali O‘zbekiston–Yevropa munosabatlarini prinsipial jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

    Prezident ta’kidlaganidek, O‘zbekiston bilan Rossiyaning strategik sherikligi va ittifoqchiligi misli ko‘rilmagan yuqori darajaga yetdi.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tufayli hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida jadal rivojlanish kuzatilmoqda.

    Savdo, investitsiyalar, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va ko‘plab boshqa sohalarda yirik loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda.

    Toshkent shahrida yaqinda o‘tkazilgan “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiyadan tashqarida ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, keng ko‘lamli hamkorlikda ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini yana bir bor namoyish etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, MDH, ShHT, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli muloqot kengayib bormoqda.

    Bugungi kunda tomonlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Moskvadagi bo‘lajak sammitiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani ta’kidlandi. Ushbu uchrashuv ikki tomonlama strategik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishda yangi tarixiy bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.

    Davlat rahbari so‘zining yakunida diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning O‘zbekiston bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

    O‘zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan elchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.

    Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev kun-u tun ishlaydigan savdo va xizmatlar uchun maxsus ko‘chalar tashkil etishni ma’qullagani, mas’ullarga internet xizmatlari hajmini kamida 2 baravarga oshirish topshirig‘ini bergani hamda Andijondagi korrupsiya holatlarini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

    23.04.2021, 17:46   Izoh (0)   17402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda maktab o‘quvchisi o‘g‘rilikka qo‘l urdi. IIB o‘quvchini barmoq izlari orqali topdi

    23.04.2021, 17:35

    Sevimli brendingizga ovoz bering! “2020-yil brendi” mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

    23.04.2021, 17:00

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    23.04.2021, 16:57

    UzAuto Motors o‘zining ilk xalqaro obligatsiyalarini chiqaradi

    23.04.2021, 16:33

    O‘zbekistonda dam olish kuni havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

    23.04.2021, 16:09

    O‘zbekistonga qalbaki avtoraqamlar olib kirilayotgani aniqlandi

    23.04.2021, 15:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.