• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sevimli brendingizga ovoz bering! “2020-yil brendi” mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

    “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, joriy yilning 22-mayida IV “2020-yil brendi” mukofoti bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra, sevimli brend uchun ovoz berish imkoniyati har bir iste’molchiga beriladi. Eng faol kompaniyalar “Yil brendi” mukofoti bilan o‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli marketing rivojlantirilganligi uchun taqdirlanadi. Taqdirlash III Makon Marketing Forum — xalqaro marketing biznes forumi doirasida o‘tkaziladi.

    “O‘tgan yil hamma uchun murakkab keldi. O‘tgan yilgi onlayn tadbirlarimizda biz ko‘plab kompaniyalarning ishiga ta’sir ko‘rsatgan inqirozdan chiqish borasida, biznes uchun tavsiyalar bergan edik. Ochiq ovoz berishni e’lon qilishdan oldin biz, bu yil ovoz berishga aynan qanday toifalarni taklif etish yuzasidan muhokama va tahlil o‘tkazdik. Natijada pandemiyaga qaramay ham faol ishlashda davom etayotgan brendlarning 24 ta toifasi yuzaga keldi. Bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, mukofot toifalari har yili o‘zgarib turadi. Bu gal mukofotda ko‘ngilochar bog‘lar, SKM, fitnes markaz kabi toifalar qatnashmaydi. Buning sababi hammaga tushunarli, deb o‘ylayman. Ammo yangi toifalar qo‘shildi: biznes-kurslar, OTM, yetkazib berish xizmatlari, xususiy tibbiyot markazlari va boshqalar. Mukofotning bosh vazifasi o‘zgarishsiz qoladi — mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. Bundan tashqari, biz kompaniyalarning o‘z tovar va xizmatlarini ilgarilatishidagi samarali uslublarga e’tiborni qaratish, iste’molchilarning brendlar haqidagi fikrlarini bilish, iste’molchilarning ovoz berishi barobarida taqdim etilayotgan xizmatlar hamda taklif etilayotgan ommaviy iste’mol tovarlari sifatini baholovchi, mustaqil professional hamjamiyat sifatida namoyon bo‘layotgan assotsiatsiya ekspertlari va hamkorlarining fikrlarini jamlash niyatidamiz”, — deb qayd etdi mukofot tashkilotchisi, “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili III “2019-yil brendi” mukofoti doirasida birinchi bor (katta muvaffaqiyat bilan) iste’molchilarning onlayn ovoz berishi o‘tkazilgan edi. Mukofotda 100 dan ziyod brendlar qatnashgan, ovoz berishda 150 000 dan ortiq kishi ishtirok etgan va 20 ta toifa bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.

    Joriy yilda iste’molchilarning ovoz berishi boshlanib bo‘ldi. U 2021-yil 16-apreldan 14-mayga qadar o‘tkaziladi. Ovoz berish @makon_brand_bot Telegram-botida o‘tkazilmoqda. Ovozlar sonining joriy holati nmc.uz saytida aks etadi va istalgan shaxs ochiq ovoz berish kechayotgan davrda, real vaqt rejimida uning sevimli brendi jadvalning qaysi o‘rnida ekanligini kuzatib borishi mumkin.

    Mukofotda ovoz berish uchun quyidagilar zarur: @makon_brand_bot botida ro‘yxatdan o‘tish, toifalardan birini tanlash, o‘z ovozingizni bermoqchi bo‘lgan brendni topish va ovoz berish. Shu tariqa o‘z sevimli brendingizni tanlashingiz va barcha 24 ta toifada ovoz berishingiz mumkin.

    • Bank xizmatlari
    • Sug‘urta kompaniyalari
    • Developerlar
    • Oliy ta’lim muassasalari
    • Biznes kurslar
    • Chet tillari kursi va o‘quv markazlari
    • Mobil operatorlar
    • To‘lov tizimlari
    • Internet provayderlar
    • Yengil avtomobillar
    • Maishiy texnika
    • Bo‘lib to‘lash yoki kreditga maishiy texnika sotish do‘konlari
    • Tezpishar taom restoranlari
    • Oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari
    • Qahvaxonalar
    • Qandolat mahsulotlari
    • Energetik ichimliklar
    • Shirin gazli ichimliklar
    • Mineral ichimlik suvi
    • Kolbasa mahsulotlari
    • Oziq-ovqat chakana savdosi
    • Yangiliklar internet saytlari
    • Yuvish vositalari
    • Xususiy tibbiyot markazlari
    Biz bot ishlab chiquvchilar — ClickMe kompaniyasi rahbari Timur Boqiyev va RedFox IT agentligi rahbari Shoyadbek Abdurasulovdan Telegram-botdagi ochiq ovoz berish texnik jihatdan turli hujum va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan qanchalik himoyalanganligi haqida so‘ragan edik.

    Ulardan “Bu yil botni ishlab chiqishda o‘tgan yilgi tajribani inobatga oldik va botning ovoz berish uchun qulay qilishgagina emas, balki ishonchli bo‘lishiga ham ahamiyat berdik. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin har bir ovoz beruvchiga verifikatsiyadan o‘tish va nazorat savoliga javob berish taklif etiladi. Bu ovoz berishda faqat real iste’molchilarni qoldirish imkonini beradi. Ovoz beruvchilar uchun qulaylik – istalgan paytda ovoz berishni davom ettirish imkoniyati yaratilgan. Bu haqda botga maxsus eslatma keladi. Biz katta funksionallikka va bir necha bosqichli himoyaga ega, juda ishonchli bot yaratdik. Butun ovoz berish jarayonida haqiqatdan ham ko‘p iste’molchilar ovoz bergan brend g‘olib bo‘lishi uchun barcha jarayonlarni monitoring qilib boramiz”, — degan javob berilgan.

    Ochiq ovoz berishdan tashqari, parallel ravishda assotsiatsiya hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida so‘rov ham o‘tkaziladi. Unda 200 dan ziyod respondentlar qatnashadi. Professional hamjamiyat o‘rtasidagi so‘rov natijalari bo‘yicha ham barcha 24 toifa bo‘yicha sovrinlar topshiriladi.

    “De Facto marketing agentligimiz 2018-yildagi ilk mukofotdan buyon so‘rovnomani o‘tkazishda qatnashib keladi. Ovoz berish natijasidan farqli o‘laroq, iste’molchilar va brendlarimiz juda qimmatli va xolis axborot hamda yil bo‘yi qilgan ishlarining bahosini oladi, deb o‘ylayman. Iste’molchilar O‘zbekistonda u yoki bu yo‘nalishda tovar va xizmatlar taklif etayotgan nechta brend mavjudligini yaqqol ko‘radi, brendlar esa o‘z faoliyatlarining matlabi, ya’ni bevosita iste’molchilaridan “qayta aloqa”ga ega bo‘ladi. Boshqa tomondan, bu jiddiy tadqiqot bo‘lib, eng yaxshilarni qayd etish va rag‘batlantirish, yetakchilarni aniqlash imkonini beribgina qolmay, aynan faol raqobat mavjud bo‘lgan hamda buning samarasi o‘laroq qiziqarli marketing yechimlari kuzatiladigan B2C segmenti brendlari qanday ishlayotganligini ham ko‘rsatadi. Bu yil biz an’anaga ko‘ra, assotsiatsiya hamkorlari va ekspertlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazamiz. Respondentlar va assotsiatsiya professional hamjamiyati a’zolari soni yildan yilga o‘sib bormoqda va bu bizni quvontiradi. So‘rovnomada birinchi bor qatnashayotgan kompaniyalar va ekspertlar ham mavjud. Bu yil ham vazifamiz o‘zgarishsiz qoladi: ovoz berishni xolis va beg‘araz o‘tkazish. Biz bunga tayyormiz!”, — deb ishontirib aytadi De Facto marketing agentligi direktori Aziz Bo‘riyev.

    Marosimda “2020-yil brendi” mukofoti 24 ta toifaning har biridagi g‘oliblardan tashqari “Yil shaxsi”, “Marketing va reklamaga qo‘shgan hissasi uchun”, “Yil yangiligi” maxsus sovrinlari ham topshiriladi. Ovoz berish allaqachon boshlangan.

    O‘zingiz qatnashing hamda hamkasblar va do‘stlarni ham bunga taklif eting. Sizning ovozingiz sevimli brendingizni qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin!

    23.04.2021, 17:00   Izoh (0)   25406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    23.04.2021, 16:57

    UzAuto Motors o‘zining ilk xalqaro obligatsiyalarini chiqaradi

    23.04.2021, 16:33

    O‘zbekistonda dam olish kuni havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

    23.04.2021, 16:09

    O‘zbekistonga qalbaki avtoraqamlar olib kirilayotgani aniqlandi

    23.04.2021, 15:32

    Samarqanddagi 4 ta MTT tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilarida koronavirus kasalligi aniqlandi

    23.04.2021, 15:08

    Sergeli tumanida bir sutka issiq va sovuq suv bo‘lmasligi ma’lum qilindi

    23.04.2021, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.