Qisqa vaqtli sovuqdan so‘ng O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
23-aprel, juma kuni respublikaning ko‘plab viloyatlarida havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, haroratning kunduzgi maksimumi 23-25 darajani, ba’zi joylarda 8-30 darajagacha iliqni tashkil etadi.
24-aprel, shanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi va harorat deyarli o‘zgarmaydi.
25-aprel, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduz kungi harorat 27 darajaga, janubda va cho‘l hududlarida 30 darajaga yetadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.
Izoh (0)