Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududidagi “Do‘stlik” bojxona postida O‘zbekistonga qalbaki “chiroyli” avtomobil raqamlarini olib kirish holatining oldi olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Volvo FH yuk avtomobilini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida uning old o‘rindig‘ida jami to‘rt juft avtomobil raqami topilgan, jumladan, ulardan ikki jufti — 40 A770 AA — bir xil. Taxminlarga ko‘ra, ushbu raqamlardan Farg‘ona viloyati (40) va Toshkent shahrida (01) foydalanish rejalashtirilgan.
Holat yuzasidan tezkor-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yil boshidan buyon 262,6 milliard so‘mlik chiroyli avtoraqamlar sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)